Eronlik ekspertlar, ehtimol, Rossiya armiyasiga Ukraina hududiga uçuvçisiz uçoqlardan zarbalar berişda texnik yordam körsatgan. Bu haqda 20 oktyabr, payşanba kuni AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi vakili Jon Kirbi ma’lum qildi. «Bizning hisob-kitoblarga köra, Eron harbiylari Qrimda bölgan va Rossiyaga uşbu operatsiyalarni ötkazişda yordam bergan», — deya uning sözlaridan iqtibos keltiryapti Reuters.
Vaşingtonning fikriça, Eron rus harbiylarini Eron uçuvçisiz uçoqlari bilan işlaşga örgatiş va ularga texnik yordam körsatiş uçun «nisbatan oz sonli» mutaxassislarni yuborgan. Şu bilan birga, Ukrainaga hujumlar paytida dronlarni aynan ruslar boşqargan, deya ta’kidladi Kirbi.
Uning qöşimça qilişiça, Rossiya allaqaçon Erondan «önlab» jangovar dronlarni olgan va bu yetkazib beriş davom etişi mumkin. Kirbi, şuningdek, Moskva Ukrainaga qarşi uruşda foydalaniş uçun Tehrondan boşqa qurollar, masalan, yer-yer sinfidagi raketalarni olişi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Eron kamikadze-dronlari raketalar bilan birga Rossiya Qurolli kuçlari tomonidan 10 oktyabrdan beri Ukraina hududiga yirik zarbalar berişda foydalanilmoqda. 18 oktyabr kuni Reuters agentligi Tehrondagi manbalariga tayanib, Eron Rossiyaga köproq uçuvçisiz uçoqlar, şuningdek, yer-yer sinfidagi raketalar yetkazib berişni va’da qilgani haqida xabar berdi.
Ayni paytda, Ukraina Isroildan Eron dronlarining hujumlarini qaytariş imkonini beruvçi havo hujumidan mudofaa tizimlarini söradi. Biroq kuzatuvçilarning fikriça, Tel-Avivda 1 noyabrda Isroilda bölib ötadigan navbatdan taşqari parlament saylovlaridan söng yangi hukumat tuzilişidan oldin bunday qaror qabul qilinişi dargumon.













