Kun.uz muxbirining xabar berişiça, sudda UzAuto Motors tomoni avtomobil yetkazib berilmaganini Captiva-5'ning “Özbekiston iqlim şaroitiga töğri kelmagani” bilan izohlagan. Bunga asos sifatida esa 2021 yilning 18-22 oktyabr kunlari ötkazilgan kompaniyaning içki sinovlari keltirilmoqda.

Ammo 2021 yil 17 sentabr kuni, ya’ni Captiva-5 uçun şartnomalar berilişi boşlanişidan 11 kun oldin, Özbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (“Öztest” – vakolatli davlat organi) tomonidan 4 dona Captiva-5 avtomobili uçun muvofiqlik sertifikati berilgan.

Sudda jabrlanuvçi O‘.Qahhorov qonunçilik nuqtayi nazardan UzAuto Motors import qilinuvçi avtomobillarning Özbekiston iqlimiga töğri kelişi yoki kelmasligi böyiça içki sinov ötkazişga haqqi bor yoki yöqligini söradi.

UzAuto Motors tomoni har bir işlab çiqarayotgan mahsuloti böyiça içki sinov ötkazişi şartligi va bunga haqqi borligi, çunki avtomaşinaga 3 yil kafolat berişini keltirib ötdi. Sudya bu jihatlar qonunçilikdagi qaysi hujjatlar bilan tartibga solinganini söradi. Ammo kompaniya vakillari aniq bir qonunçilik hujjatini keltirib öta olmadi va bu içki istisno holat ekanini aytdi.

Jabrlanuvçi Captiva-5'ning sotuvlari töxtatilişini UzAuto Motors içki isitiş tizimida yuzaga kelgan muammolar bilan boğlayotganini keltirib, bu aniq qanday texnik sabab natijasida yuzaga kelganini söradi. Kompaniya vakili bunga avtomobil dvigatelidagi isitiş tizimi bilan boğliq muammolar sabab bölganini aytdi.

O‘.Qahhorovning ta’kidlaşiça, Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi (sobiq “Özstandart”) ötkazgan sinovlarda Captiva-5 isitiş va sovitiş bilan boğliq barça sinovlardan muvaffaqiyatli ötgan.

Jabrlanuvçi Xitoydan import qilinuvçi avtomobilni UzAuto Motors xodimlari neça km masofa bosib ötib, sinab körganini söradi. Kompaniya vakilining sözlariga köra, 2 ta Captiva-5 avtomaşinasi 10 ming km harakatlantirilib, sinovlardan ötkazilgan. U sinov kunining aniq qaçon boşlangan vaqtini hozir ayta olmasligi, ammo muammoli holatlar 18-22 oktyabr kunlari sovuq ob-havo kuzatilgan paytda aniqlanganini aytdi.

O‘.Qahhorov Captiva-5 Özbekiston hududiga 21 sentabr kuni kirib kelganini, 28 kun muddatda sinovlar ötkazilayotgan avtomobilning 10 ming km yurişini kompaniya xodimlari qanday ta’minlaganini söradi.