Uollesning sözlariga köra, hodisa 29 sentabr kuni sodir bölgan, vazir parlamentariylarga bu hodisa qasddan eskalatsiya yuzaga keltiriş sifatida körib çiqilmaganini aytgan.
«Biz buni Rossiya tomonidan qasddan eskalatsiya sodir etiş deb hisoblamaymiz. Bizning tahlillarimiz bu texnik nosozlik oqibatida röy berganini körsatdi», - degan Uolles.
«Ammo bu qiruvçilar bunday holatda qöllanişi qançalik xavfli bölişini eslatib turadi, ruslar esa uzoq vaqtdan buyon şu işni qilib kelişadi», - deya qayd etgan mudofaa vaziri.
Britaniya mudofaa idorasi rahbari şundan söng Buyuk Britaniya öz samolyotlarining uşbu hududdagi parvozlarini vaqtinça töxtatgani va Rossiya mudofaa vazirligiga, jumladan şaxsan Sergey Şoyguga öz xavotirini bildirganini aytgan.
Uollesning aytişiça, Rossiya mudofaa vazirligi raketa texnik nosozlik oqibatida uçirib yuborilganini bildirgan.
«Rossiya mudofaa vazirining 10 oktyabr kuni olingan javobida ular hodisa tafsilotlarini tergov qilişgani va Su-27 qiruvçisida texnik nosozlik aniqlangani aytilgan. Ular şuningdek hodisa xalqaro havo kengliklarida röy berganini tan olişgan», - degan Uolles.
Vazirning aytişiça, hozirda Buyuk Britaniya uşbu hududda razvedka parvozlarini tiklagan, ammo endilikda razvedkaçi samolyotlarga qiruvçi samolyotlar hamrohlik qilmoqda.
Rossiya mudofaa vazirligi bu hodisa yuzasidan hozirça öz bayonotini bermadi.
Britaniya va Rossiya harbiy samolyotlari köpinça Buyuk Britaniya qirğoqlari yaqinida bir-biriga yaqin keladi.
Independent gazetasi hisoblariga köra, 2005 yildan 2022 yil fevraliga qadar britanlarning qiruvçi samolyotlari 136 marta rossiyaliklar samolyotlari yölini tösib çiqqan.
Buyuk Britaniya va NATOning boşqa mamlakatlari razvedka samolyotlari muntazam ravişda Ukraina atrofidagi havo kengligida navbatçilik qiladi.
Ben Uolles parlamentariylarga uning yaqinda Vaşingtonga taşrifi heç qanday taşviş uyğotmasligi kerakligini aytdi.
«Men Pentagonga, Davlat departamentiga bordim, milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi bilan uçraşdim, boşqa uçraşuvlar ötkazdim va favqulodda vaziyatlarni rejalaştiriş jarayoni haqida umumiy tuşunçaga ega ekanimga işonç hosil qildim... Menimça, bu heç qanaqasiga odamlarni qörqitmasligi kerak», degan Uolles.











