Loyiha veb-saytida aytilişiça, avialaynerlardagi ulaniş tezligi sekundiga 350 megabitga yetadi, bu esa barça yölovçilarga bir vaqtning özida internetdan bemalol foydalaniş imkonini beradi.
«Atigi 20 millisekundlik keçikiş bilan yölovçilar ilgari parvoz paytida imkonsiz bölgan harakatlarni, jumladan videoqönğiroqlar, onlayn öyinlar, virtual xususiy tarmoqlar va yuqori tezlikda ma’lumot uzatiş bilan boğliq bölgan boşqa harakatlarni amalga oşirişi mumkin», — deyiladi bayonotda.
Kompaniya 2023 yildan boşlab, ba’zi samolyotlarda butun parvoz davomida yuqori tezlikdagi internetni taklif etişni rejalaştirmoqda.
Aviakompaniyalar dasturga ulaniş uçun samolyot bortida 150 ming dollarlik maxsus jihozni örnatişi kerak böladi. Abonent tölovi oyiga 12,5 ming dollardan 25 ming dollargaça. Uskunalar töplamiga SpaceX veb-sayti orqali 5 ming dollarga oldindan buyurtma beriş mumkin. Ularni yetkazib beriş 2023 yilda boşlanadi.











