Qirğiziston hukumati Tojikiston bilan çegaradagi töqnaşuvlarda halok bölgan mamlakat fuqarolarining oila a’zolariga kompensatsiya tölab beradi.

14-17 sentabrdagi töqnaşuvlarda halok bölgan qirğizistonliklarning oila a’zolari 1 million somdan (12 ming dollardan köproq) kompensatsiya puli olişadi. Töqnaşuvlarda yaralanganlar ham jarohati darajasiga qarab 100 ming somdan 200 ming somgaça oladi. Bunday tölov tibbiyot ekspertizasi xulosasiga köra amalga oşiriladi.

Ikki davlat örtasidagi 14 sentabr kuni boşlangan oxirgi töqnaşuvlarda Qirğiziston tomonidan 59 kişi halok bölib, 122 kişi yaralangani xabar berilgandi. Tojikiston esa 41 fuqarosi halok bölganini ma’lum qilgan.