IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berişiça, Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida yaşovçi fuqaro Z.J. IIB organlariga ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeri orqali pullarini özlaştirgan şaxsga qonuniy çora körişni söragan.

U arizasida, Telegram’dagi “Avtokredit boş tölovsiz” guruhiga a’zo bölgani, özini guruh admini deb taniştirgan şaxs uning işonçiga kirib, 3 yil muddatga 90 mln sömga 16 foizdan "Nexia 3" maşinasini olib berişini va’da qilganini, şundan söng kelişuv asosida boşlanğiç 2 mln 180 ming söm pulni qölga kiritgaç, telegram messenjeridagi yozişmalarini öçirib taşlaganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yöli bilan pullarni özlaştirgan şaxs Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yaşovçi, 2006 yilda tuğilgan 10-sinf maktab öquvçisi M.D. ekani aniqlangan.

Qayd etilişiça, M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Qaşqadaryoda talaba “foizsiz onlayn kredit” niqobi ostida fuqarolarning plastik kartasidagi pullarni yeçib olgandi.