Bugun darsliklar haqida bölayotgan gap-sözlar asossiz emas. Darsliklarning yaratiliş jarayonida ham qator muammolar borki, bu muammolar yeçimisiz sifatli va davr talablariga mos darsliklar yaratiş mumkin emas. Darsliklarda ötmiş va xorijning ilğor tajribalari omixtalaşişi kerak. Ulardan bittasi bölmasa ham, milliy darslik bölmaydi.
Darslik fanning qaysi sohasi böyiça tuzilayotgan bölsa, mazmuni şu fanning örganiş obektidan uzilib ketişi mumkin emas. Masalan, bugungi kunda grammatikadan qoçiş, nutq östirişga ustuvorlik beriş talabi qöyilayotgan “Ona tili” darsliklarida adabiy til me’yorlarini aks ettirgan til bilimlaridan uziliş holatlari közga taşlanmoqda. Töğri, “Ona tili” tilşunoslik emas, ammo undan xoli bölişi ham mumkin emas. “Grammatika” (oğzaki va yozma nutq uçun zarur umumiy grammatik qonuniyatlar) va “grammatizm” (grammatikaga ruju qöyiş, “Ona tili” predmetini tilşunoslik faniga aylantirib yuboriş)ni farqlaş kerak. Grammatik bilimlar silsilasida me’yor saqlanişi lozim.
Baçkanalik bölsa ham, aytiş joiz, darsliklar şon-şuhrat vositasiga ham aylanib bormoqda. Şuning uçun Vazirlik darslikni mualliflarga mehnat haqini tölab yozdirib olgaç özining nomidan çop etişi kerak. Darslikda muallif ismi-şarifi qayd etilişi maqsadga muvofiq emas. Muallifning familiyalari içki hujjatlarda aks etsa, yetarli.
Darslik ta’lim oluvçining yangi materialni örganişi va özlaştirişi uçun yoş va fiziologik xususiyatlariga mos ravişda quriladi. Jahon tajribasida darslik tegişli kompetensiya va tajribaga ega (yuqori toifali öqituvçilar, olimlar) mutaxassislar tomonidan işlab çiqiladi. U – yillar davom etişi kerak bölgan murakkab ijodiy jarayon. Şoşma-şoşarlik bilan darslik yozib bölmaydi. Darslik qança tez yozilsa, umri şunça qisqa böladi.
Darslik yaratiş quyidagi qat’iy bosqiçlardan ötişi lozim:
1. Qonuniy asoslarini yaratiş. Bunda dastlab darslik yaratiş böyiça barça “ikir-çikir”largaça qamrab olgan Nizom bölişi lozim. Unda darslikka qöyiladigan “qattiq” talablar öz ifodasini topişi kerak. Zotan, maktab darsligi – öquvçi dunyoqaraşini, unda milliy mafkura va ma’naviyatni şakllantiruvçi asosiy vosita. Bugungi kunda amaldagi darslik mualliflariga bunday talablar begona. Şu boisdan mamlakatimizda yaratilayotgan darsliklarda mualliflar nuqtai nazarlari ustuvorlaşib ketmoqda. Bu esa öz-özidan noroziliklarni keltirib çiqarayotir.
2. Ijodiy şaroit yaratiş. Darsliklarni asosiy işdan ajralmagan holda yaratiş mumkin emas. Darslik yoş avlod tafakkuri, ruhiyati va dunyoqaraşining tamal toşi ekan, sifatli darslikni yöl-yölakay yaratiş imkoni yöq. Mualliflar uçun ijodiy muhit va şaroit yaratilişi maqsadga muvofiq. Darslik yaratiş jarayonida muallifning ijtimoiy faoliyati bölinmasligi kerak. Darslik yozilib bölgunça uning fikru zikri darslikka yönaltirilgan bölişi lozim. Hozirgi darslik yaratuvçilar asosiy işdan ortgan vaqtlarini, mehnat ta’tillarini bu işga sarflaydilar. Buning ustiga qisqa vaqt berilib, şoşma-şoşarlik bilan yöl tutiladi. Axir, bunday uluğ işda “tez-tez böllaring” tamoyili faqat salbiy natijaga olib keladi.











