Xitoyning sobiq raisi, Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Markaziy qömitasining sobiq boş kotibi Hu Jintao partiya qurultoyining yopiliş marosimini «özini yomon his qilgani» tufayli tark etgani aytildi.
Xitoyning «Sinxua» davlat axborot agentligi xabariga köra, janob Xu soğliğidagi muammo tufayli zaldan olib çiqilgan.
«Hu Jintao yakuniy yiğilişda qatnaşişni talab qilgan, garçi unga kuçini tiklab oliş uçun vaqt kerak bölsa ham», — deyiladi agentlik bayonotida.
«Yiğilişda u özini yomon his qilgan, xodimlar uning soğliğidan xavotirlanib, dam oliş uçun zal yonidagi xonaga kuzatib qöyişgan. Hozir u ança yaxşi», - deb xabar berdi «Sinxua».
Marosim zalidan olingan videoga köra, xodim 79 yoşli Hu Jintaoni qölidan uşlab olmoqçi bölgan, biroq u bunga xohiş bildirmagan. Keyin xodim Huning qöltiğidan uşlab, ikki qöli bilan kötarmoqçi böladi.
Şundan söng Xu amaldagi rais Si Jinping va boş vazir Li Keçiang bilan bir daqiqaça suhbatlaşdi. Söngra uni zaldan çiqarib yuborişdi.
Xitoy ommaviy axborot vositalarida bu voqea muhokama qilinmadi. Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida esa bu voqea senzuraga uçragan bölişi mumkin.
Hu Jintao 2002—2012 yillarda Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qömitasi boş kotibi, 2003—2013 yillarda esa Xitoy Xalq Respublikasi raisi lavozimlarida işlagan. Si Jinping ikkala lavozimda ham uning örnini egalladi.
22 oktabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasining (XKP) XX milliy qurultoyi öz işini yakunladi. Unda, kutilganidek, XKP Markaziy qömitasi boş kotibi va Xitoy Xalq Respublikasi raisi, 69 yoşli Si Jinping, uçinçi muddatga qayta saylandi.












