Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) Rossiya «bomba qöllaş orqali ehtimoliy provokatsiyalar uyuştiriş»da ayblagan Ukrainaga ekspertlarini yuboradi. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba 24 oktyabr, duşanba kuni Twitter’da yozdi.
«Iflos bomba» deb radioaktiv moddalarni oddiy portlovçi moddalar bilan birlaştirgan faraziy past quvvatli radiologik qurol keltirilmoqda.
«Boş direktor Rafael Grossi bilan suhbatda men AEXAga zudlik bilan mutaxassislarni Ukrainadagi tinç obektlarga yuborişni rasman taklif qildim, Rossiya ularni «iflos bomba» işlab çiqiş uçun joylar deb yolğon ma’lumot tarqatyapti. U rozi böldi. Rossiyadan farqli ölaroq, Ukraina oşkora davlat bölgan va şunday bölib qoladi. Bizning yaşiradigan heç narsamiz yöq», - deb yozadi Kuleba.
Bir kun oldin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu Fransiya, Turkiya va Buyuk Britaniyadagi hamkasblarini Ukraina «iflos bomba» yordamida «provokatsiyalarni tayyorlayotgan bölişi mumkin», deya ogohlantirgan edi. Bayonotga köra, «iflos bomba» yaratiş Jyeltiye Vodidagi (Dnipropetrovsk viloyati) Şarqiy kon-qayta işlaş kombinatiga va Kiyevdagi Yadro tadqiqotlari institutiga işonib topşirilgan.












