Kiyevning Şevçenko tuman sudi "Motor Siç" aviakompaniyasi rahbari Vyaçeslav Boguslayevni ikki oyga hibsga oldi. Hibsga oliş töğrisidagi sörov Ukraina Xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura tomonidan berilgan, deb xabar qildi UXX matbuot xizmati 24 oktyabr, duşanba kuni.

"Keyingi 60 kun içida UXX tergovçilari tergovga qadar tekşiruv ötkazayotgan bir paytda u hibsxonani tark eta olmaydi", — deyiladi mahkamaning Telegram-kanalida. Xuddi şunday ehtiyot çorasi "Motor Siç" taşqi iqtisodiy faoliyat bölimi boşliği Oleg Dzyubaga nisbatan ham tanlangan, u ham avvalroq UXX tomonidan hibsga olingan.

Hibsga olinganlar tajovuzkor davlat bilan hamkorlikda va şeriklikda gumon qilinmoqda. "Sudga qadar tergov davom etmoqda. UXX tomonidan noqonuniy faoliyatning boşqa iştirokçilarini aniqlaş va aybdorlarni javobgarlikka tortiş böyiça kompleks çora-tadbirlar körilmoqda", - deyiladi xabarda.

Sud majlisi yopiq eşiklar ortida ötdi. Uçraşuvdan söng Boguslayev sud qaroridan qoniqiş hosil qilganini aytdi, biroq ayni paytda işni "tuşunmovçilik" deb atadi.

Boguslayevning advokati Yaroslav Volinets himoyasi ostidagi şaxsning Rossiya fuqaroligi borligi haqida avvalroq ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

83 yoşli Boguslayevning Zaporijjya şahrida hibsga olingani 22 oktyabr kuni keçqurun ma’lum böldi. Ertasi kuni buni Ukraina Xavfsizlik xizmati rasman tasdiqladi. Duşanba kuni ertalab UXX "Motor Siç" rahbarining telefon suhbatlari audioyozuvlarini e’lon qildi.

Yozuvlardan ma’lum bölişiça, Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyin ham Boguslayev Rossiya jangovar vertolyotlariga dvigatellar va boşqa butlovçi qismlar yetkazib berişda davom etgan va şu tariqa Rossiya Qurolli kuçlarini amalda qöllab-quvvatlab, ularga Ukraina şahar va qişloqlarini öqqa tutişda yordam bergan, deyiladi agentlik xabarida. UXX Boguslayev bir neça bor Oliy radaga "Hududlar partiyasi"dan saylanganini va Rossiya bosqinini oqlaganini eslatdi.

Boguslayev 1990-yillarning boşidan beri "Motor Siç"ni boşqarib keladi. 2012 yilda u öz lavozimini tark etib, Oliy rada deputati böldi, keyin 2019 yilda lavozimga qaytdi. 2021 yilda u 125 million dollar boyligi bilan Ukraina Forbes röyxatida 62-örinni egalladi. 2000 yilda Boguslayevga Ukraina Qahramoni unvoni berilgan.