Bloomber xabariga köra, bu Xitoy rahbari Si Jinpingning uçinçi muddatga saylanişi va uning boylar bilan xususiy biznesga bosim ötkaziş siyosati bilan boğliq. Sarmoyadorlar bunday siyosatning yana davom etişidan xavotirga tuşmoqda.
Forbes Real-Time ma’lumotlariga köra, Kommunistik partiya qurultoyi yakunlanganidan keyingi savdoning birinçi kunida Xitoyning 10 nafar eng badavlat işbilarmonining umumiy boyligi 6,9 milliard dollarga kamaygan.
Jumladan, Xitoyning eng boy odami, şişa idişli suv işlab çiqaruvçi Nongfu Spring kompaniyasi egasi Çjun Şanşan boyligi bir kunda 2 milliard dollarga kamayib, 59,8 milliardga tuşgan. Tencent internet giganti asosçisi Ma Xuaten boyligi bir kunda 2,4 milliard dollarga kamayib, 24 milliardga tuşgan. Yuqori öntalikka kiruvçi boşqa boylarning davlati ham qariyb 1 milliard dollarga qisqargan.
Xitoy Kommunistik partiyasining XX qurultoyi 16-22 oktabr kunlari bölib ötdi. Uning asosiy natijalaridan biri — Si Jinping Kommunistik partiya Markaziy qömitasi boş kotibi lavozimiga uçinçi marta qayta saylangani böldi. U avval boy odamlar va xususiy biznesga bosim ötkazuvçi siyosatni olib borgan.
Qurultoydan söng, Xitoy kompaniyalari aksiyalari sotiladigan Hongkong birjasidagi Hang Seng indeksi 7,3 foizga tuşib ketdi. Asosiy sabab – xorijiy investorlar Xitoy kompaniyalari aksiyalaridan voz keça boşladilar. Yuan kursi esa 2008 yil yanvardan buyon eng past darajaga tuşdi.
Ammo, Kommunistik partiya qurultoyi va Si Jinping qayta saylanişidan oldin ham Xitoy milliarderlari uçun vaziyat oson emas edi. 2022 yil ular uçun şaxsiy boylik nuqtai nazaridan sönggi ön yillikdagi eng yomoni bölişi mumkin. Xitoy iqtisodiyotiga koronavirus bilan boğliq siyosat ham salbiy ta’sir körsatmoqda. Unga köra, infeksiya holatlari aniqlansa, aholi punktlari va hatto katta şaharlar ham karantinga yopilmoqda.
Duşanba kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Xitoy yalpi içki mahsuloti 2022 yilning uçinçi çoragida 2021 yilning şu davriga nisbatan 3,9 foizga ösdi. Iqtisodiy ösiş kutilganidan yaxşiroq böldi. Biroq investorlar iqtisodiyotning tiklanişiga Covid-19 tufayli joriy qilinayotgan çeklovlar, mulk bozoridagi uzoq muddatli pasayiş va global tanazzul xavfi tösqinlik qilişidan qörqişadi.












