25 oktyabr kuni kunduzi Sunak qirol Çarlz III bilan uçraşdi, qirol undan hukumatning yangi tarkibini şakllantirişni söradi.
BBC News xabar berişiça, bundan oldinroq Bukinghem saroyiga Liz Trass taşrif buyurgan va monarxni Britaniya boş vazirligidan iste’fo bergani haqida xabardor qilgan.
- Sobiq moliya vaziri, 42 yoşli Rişi Sunak — yil davomida Britaniya hukumati rahbarligidagi uçinçi boş vazir bölmoqda, u sönggi ikki asrda Buyuk Britaniya tarixidagi eng yoş hukumat rahbaridir.
- 2022 yil iyulida davomli mojarolar ortidan uç yil davomida Britaniya boş vaziri bölib kelgan Boris Jonson iste’foga çiqqandi. Sentyabr oyida Konservativ partiyadagi saylov natijalariga köra sobiq taşqi işlar vaziri Liz Trass Buyuk Britaniya hukumatining yangi rahbariga aylandi. Trass boş vazirligida e’lon qilgan iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatsizlikka uçradi va u hokimiyatga kelganidan 45 kun ötib iste’foga çiqişga majbur böldi.
- Konservativ partiyaning 24 oktyabr kuniga belgilangan navbatdagi saylovlarini ötkazişga hojat qolmadi, çunki Rişi Sunak boş vazirlik uçun yagona nomzod bölib qoldi. Undan oldinroq Jamoatlar palatasi raisi Penni Mordont Sunakning foydasiga öz nomzodini qaytarib olgandi.
- Rişi Sunak 2015 yilda ilk bor Buyuk Britaniya parlamentiga (Jamoatlar palatasi) deputat bölgan. Uç yil ötib u Tereza Mey hukumatida vazir yordamçisi lavozimini egallagan. 2019 yil iyulida uni Boris Jonson hukumatida ğaznaçilik boş kotibi etib tayinlaşadi. 2020 yil fevralidan esa Sunak Britaniya moliya vazirligini boşqarişga kirişadi.












