2022 yilning sentabr oyida respublika böyiça 3839 ta nikohdan ajraşiş holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. 

Davlat statistika qömitasining dastlabki ma’lumotlariga köra, bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 477 taga köpaygan. 

Hududlar kesimida ajralişlar soni eng köp Farğona viloyati qayd etildi – 516 ta holat.

Undan keyingi örinlardan mos ravişda 471 ta hamda 456 ta ajraşiş holatlari kuzatilgan Toşkent şahri va Toşkent viloyati joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan hududlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:

  • Andijon viloyati – 409 ta; 
  • Namangan viloyati – 354 ta;  
  • Samarqand viloyati – 310 ta; 
  • Surxondaryo viloyati – 219 ta; 
  • Qaşqadaryo viloyati – 210 ta;
  • Buxoro viloyati – 181 ta; 
  • Qoraqalpoğiston R. – 178 ta;  
  • Sirdaryo viloyati – 159 ta;
  • Xorazm viloyati – 147 ta; 
  • Jizzax viloyati – 119 ta;  
  • Navoiy viloyati – 110 ta.