IT-mutaxassisi Adam Kalinin (ism-şarifi xavfsizlik yuzasidan özgartirilgan) safarbarlik haqida eşitib, vahimaga tuşib qoladi.
Kalinin Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qarşi bölgan va uruşga qarşi norozilik aksiyalarida iştirok etgan. Unga buning uçun jarima va bir neça kunlik qamoq jazosi ham tayinlangan.
Kalinin çaqiruv qoğozi kelişini kutmaslikka qaror qiladi. U ikki hamkasbi kabi Rossiyadan ketişni xohlamaydi (bunga tayyor emasdi) va örmon tomon yöl oladi.
«Mening közim oldida ikki variant gavdalandi: birinçisi men dökonga boraman va öşa yerda qölimdan tortib harbiy komissariatga olib ketişadi, ikkinçisi men noqulay şaroitlarda yaşaşga töğri keluvçi örmonga ketaman va ozod bölib qolaman», — deydi Kalinin.
Uning sözlariga köra, yaqinlari bu qarorini qöllab-quvvatlagan. Örmonga köçiş uçun tayyorgarlik deyarli bir hafta davom etgan. Adam sönggi yillarda tez-tez sayrlarga çiqib turgan va şu bois unda bu borada tajriba va kerakli anjomlar – benzopila, oddiy arra, bolta, modem va antenna bor edi.
Faqatgina quyoş batareyalarini sotib olişga töğri keldi.

Kalinin örmonda ikkita palatka qurdi. Bittasi quyoşli, şamolsiz, internetsiz, qulay joydan (uxlaş uçun), ikkinçisini (işlaş uçun) birinçisidan uç daqiqalik masofada şamolli, lekin internet işlovçi noqulay joyda tiklaydi. U bu palatkasini «öz ofisi» deya atagan.
Kalinin örmondagi hayoti haqida özining «Logiçnyy lesnik» telegram kanalida yozib boradi. Odatda u tonggi soat yettida, quşlar sayraşni boşlaganda uyğonadi. Nonuştani esa bir soatlik yöl bosib,
rafiqasi yordami bilan taşkil qilgan yegulik zaxirasidan olib keladi.
«Men şunçaki çiqindi konteyneri sotib oldim. U katta, ança arzon va men bu yerga olib kelgan barça narsalar — konserva, doşirak, çoy, qahva, şakarni siğdira oladi», — deydi u.
Adam ovqatni kompozit gaz balloni va gorelka yordamida pişiradi. Ovqat pişiriş va içiş uçun yomğir suvidan foydalanadi.
Kalinin haftasiga beş kun, kuniga sakkiz soat işlaydi. Qolgan vaqtda u «uyi»ning ta’miri bilan şuğullanadi. Unda quriliş böyiça tajriba yöq, lekin You Tube va biror «jiddiyroq narsa»: palatka emas, qandaydir uyça quriş istagi bor.













