Taşrif doirasida jurnalistlar Çilonzor tumanida joylaşgan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi hududida joylaşgan yangi 87 örinli yuqori texnologik xirurgiya binosida ham böldi. 

Hozirgi kunda markazda örtaça 870 nafar bemor davolanmoqda. Markazda bemorlarga bepul tibbiy xizmat körsatib kelinyapti. Ayni paytda markaz Rossiya, Turkiya, Avstriya, Germaniya, Finlandiya, Janubiy Koreya hamda Yaponiya davlatlari bilan ilmiy hamkorlikni yölga qöygan. 

Markaz rahbari Doniyor Alimov muassasada örnatilgan yangi uskunalar töğrisida şunday dedi:

– Markazimizda mavjud zamonaviy uskunalar soni sönggi 5-6 yilda keskin köpaytirildi. Hozir tez va sifatli xizmat körsatiş uçun bu kabi imkoniyatlar bizga juda ham zarur. Kelgusida davlat rahbari topşiriğiga köra faqat Toşkentda emas, markazning hududlardagi 13 ta filialida ham zamonaviy uskunalar örnatilişi rejalaştirilgan. Zamonaviy angiograf yordamida bemorga şoşilinç taşxis qöyiş bilan birga tezkor va kiçik invaziv operatsiya qiliş, ya’ni kiçik kesma yordamida qon tomirlaridagi turli amaliyotlarni amalga oşiriş mumkin. E’tiborli jihati – bunda bemorga narkoz berilmaydi va butun jarayon davomida bemor va jarrohlar suhbatlaşib turişlari mumkin. Monitorda esa bemorning barça tibbiy körsatkiçlari aks etib turadi.

Markazda 27 nafar tibbiyot fanlari doktori, 51 nafar tibbiyot fanlari nomzodi faoliyat yuritmoqda. Ularning aksariyati xorijda malaka oşirib kelgan. Bu ham, albatta, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oşirişga turtki böladi, – dedi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.