Bugun, 2022 yil 26 oktyabr kuni soat 11:20 larda, A-380 Ğuzor -Buxoro-Nekus-Beynov xalqaro avtomobil yölining Muborak tumani hududidan ötgan 108-kilometrida ikkita Lacetti iştirokida yöl-transporti hodisasi sodir böldi.

Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, Qarşi-Muborak yönalişida harakatlanayotgan haydovçi T.D. boşqaruvida bölgan Lacetti Muborak gazni qayta işlaş zavodi röparasida qarama-qarşi yönalişiga çiqib, röparasidan kelayotgan, haydovçi T.T. boşqaruvida bölgan boşqa bir Lacetti maşinasining yöliga çiqib ketgan va u bilan töqnaşgan.

Oqibatda, T.T. boşqaruvida bölgan boşqa bir Lacetti maşinasida qisqa tutaşuv sodir bölib, maşina yonib ketgan. Uning salonida bölgan ikki nafar yölovçi tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Muborak tuman IIB tergov bölimi tomonidan tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Avvalroq, 2022 yil 15 avgust kuni A-380 Ğuzor -Buxoro-Nekus-Beynov xalqaro avtomobil yölining Muborak tumani hududidan ötgan qismida Spark va Gentra maşinalari özaro töqnaşib yonib ketgandi. Töqnaşuv oqibatida har ikkala maşina hamda ularda bölgan 8 kişi yonib ketgandi.