Rossiya Ukraina «iflos bomba» (radiologik qurol) qöllaşga tayyorlanayotganini ta’kidlaşda davom etmoqda. Barçasi 23 oktyabr kuni boşlangandi. Öşa kuni Moskva vaqti bilan soat ertalabki sakkizda RIA Novosti davlat agentligi saytida «turli mamlakatlardagi işonçli manbalar»ga tayangan holda Ukraina öz hududida «iflos bomba» işlatmoqçiligi va bunda Rossiyani ayblaşi aytilgan maqola naşr qilindi. Şu kuni RF mudofaa vaziri Sergey Şoygu Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya va AQŞdagi hamkasblariga qönğiroq qilib, ularni bu haqda ogohlantirdi.

ALEXEI NIKOLSKY/TASS
Sergey Şoygu ortidan RF qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov ham Ğarb davlatlaridagi hamkasblariga telefon qilgan. 24 oktyabr kuni u Şoygu kabi Buyuk Britaniya va AQŞdagi yuqori lavozimli harbiy qömondonlar bilan gaplaşib, göyoki Ukrainada «iflos bomba» tayyorlanayotgani haqida gapirgan. Şu kuni Rossiya mudofaa vazirligi rasman Ukrainada radioaktiv materiallar va bunday qurollarni yaratiş uçun «ilmiy baza» borligi haqida e’lon qildi. Harbiy idoraning ta’kidlaşiça, uning qöllanişi Rossiyaning kam quvvatli yadro qurollari işga tuşirilişiga olib keladi.
Rossiya Qurolli kuçlari radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoya qöşinlari boşliği general-leytenant Igor Kirillovning ma’lum qilişiça, «Rossiya kuçlari va vositalari radioaktiv ifloslaniş şaroitida vazifalarni bajarişga şay holatga keltirilgan». Uning sözlariga köra, Ukrainaning ikki taşkiloti «iflos bomba» tayyorlaş böyiça aniq topşiriqlar olgan va işlar «yakuniy bosqiç»da turibdi. Kirillov bunday qurol qöllanişi bir neça ming kvadrat metr maydon radioaktiv ifloslanişiga olib kelişini aytgan.
Rossiya armiyasi rahbariyatidan taşqari, mamlakat taşqi işlar vazirligidagilar ham «iflos bomba» haqida gapirişgan. 24 oktyabr kun TIV spikeri Mariya Zaxarova uşbu rejalaştirilgan provokatsiyadan maqsad —«Rossiyaga qarşi kuçli kampaniya» ötkazib, hamkorlarning Moskvaga işonçiga putur yetkaziş va RFni xalqaro maydonda yakkalab qöyiş ekanini aytgan. Vazirlik rahbari Sergey Lavrov esa «iflos bomba» masalasi BMT Xavfsizlik kengaşida körib çiqilişini aytgan.
- Rossiya avval ham, uruşning dastlabki davrida Ukrainani yadro quroli yaratişga urinişda ayblagandi. Bunga bahona sifatida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning uruşdan oldinroq bergan bayonoti keltirilgandi. Zelenskiy 1994 yilda Ukraina «xavfsizlik maqsadida yadro qurolidan voz keçgani» va endi «na qurolga va na xavfsizlikka egaligi»ni aytgandi. Kiyev «iflos bomba» yaratişi rejalari borligini rad etgan.













