Vazirlar Mahkamasining “Özbekistonda çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni röyxatga oliş tartibini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.

Vazirlar Mahkamasining “Özbekistonda çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni röyxatga oliş tartibini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi:

Özbekistonda vaqtinça bölib turgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni vaqtinça röyxatga oliş ular Özbekistonga kirib kelganlaridan keyin hududiy MvaFRB, joylaştiriş vositalari yoki davolaş muassasalariga uç iş kuni davomida murojaat qiliş orqali amalga oşiriş;

Özbekistonda böliş qoidalarini buzgan, boşqa qoidabuzarliklarga yöl qöygan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar töğrisida joylaştiriş vositalari va davolaş muassasalari ma’muriyati, xususiy uy-joy egalari tomonidan ularni E-mehmon dasturi yordamida hududiy içki işlar organlariga xabar bergan holda joylaştiriş;

joylaştiriş vositalari, davolaş muassasalaridagi çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar töliq va haqqoniy hisobi yuritilişini ta’minlaş maqsadida joylaştiriş vositalari, sanatoriy va pansionatlar tomonidan öz faoliyatini belgilangan tartibda sertifikat asosida va avtomatlaştirilgan maxsus elektron dasturiga ulangan holda amalga oşiriş.

Qaror bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston içki işlar vaziri Pölat Bobojonov zimmasiga yuklanadi.