Uzoq vaqt davomida Rossiya gaziga qaram bölgan Yevropa öz omborlarini töldiriş maqsadida butun dunyodan suyultirilgan tabiiy gazni import qildi. Natijada, suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beriş miqdorining faol ösişi va ob-havo şaroitining qulay kelişi ortiqça yoqilği töplanişiga sabab böldi. Hozirgi vaqtda Yevropa mamlakatlaridagi yerosti gaz omborlari isitiş mavsumi boşlanmasidan oldin deyarli tölgan.
Italiyaning Illumia energetika kompaniyasi yetakçi tahlilçisi va katta meteorologi Jakomo Masato sözlariga köra, ortiqça yoqilği hajmi bilan boğliq vaziyat kamida dekabrgaça saqlanib turadi. Uning ta’kidlaşiça, noyabr oyida Yevropada ob-havoning keskin sovib ketişi ehtimoli past.
Gas Infrastructure Europe ma’lumotlariga köra, Yevropa gaz omborlari 93,79 foizga töldirilgan. Boşqa davlatlarga qaraganda gaz ta’minotiga köproq qaram bölgan Germaniyadagi omborlar 97,7 foizga tölgan. Buning zamirida tabiiy gaz narxi ham keskin tuşib ketdi. 24 oktyabrdan beri birjalardagi 1000 kub.m. tabiiy gaz narxi 1000 dollar atrofida aylanmoqda.












