“Jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanayotgan va jazo muddatini ötab bölgan xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardoş kasb-hunar turlariga öqitiş orqali bandligini ta’minlaşga kömaklaşiş hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Nizom prezidentning “Oila va xotin-qizlarni tizimli qöllab – quvvatlaşga doir işlarni yanada jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni ijrosini ta’minlaş hamda jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanayotgan, jazo muddatini ötab bölgan xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardoş kasb-hunar turlariga (tikuvçilik, biçuvçilik, töquvçilik, kaştaçilik, dizayner, sartaroş, pazandaçilik, tadbirkorlik va boşqa) öqitiş orqali bandligini ta’minlaşga kömaklaşiş faoliyatini taşkil etiş tartibini belgilaydi.

Jazoni ijro etiş muassasalarini ma’muriyati jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlarni muammolarini quyidagi tartibda örganadi:

  • jazo muddatini ötayotgan xotin-qizlarni murojaatlarni tahlil qiliş orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarini aniqlaydi;
  • jazo muddatini ötayotgan xotin-qizlar örtasida sörovnoma ötkaziş orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarini aniqlaydi;
  • jazo muddatini ötayotgan xotin-qizlarni murojaatlar hamda sörovnoma natijalarini tahlil qiliş orqali aniqlangan muammolarini hal etişga kömaklaşadi;
  • jazoni ijro etiş muassasa ma’muriyati vakolatiga kirmaydigan muammolarini hal etiş maqsadida tegişli idora va taşkilotlar bilan hal etiş çorasini köradi.

Probatsiya bölinmalari va Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hududiy bölinmalari xodimlari probatsiya nazoratidagi hamda jazo muddatini ötab bölgan xotin-qizlar muammolarini quyidagi tartibda örganadi:

  • huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmalari xotin-qizlar bilan işlaş masalalari böyiça inspektori, huquqbuzarliklar profilaktikasi (katta) inspektori va probatsiya bölinmalari inspektori birgalikda yoki alohida probatsiya nazoratidagi xotin-qizlar va jazo muddatini ötab bölgan xotin-qizlar bilan suhbat ötkazib, qanday faoliyat bilan şuğullaniş hamda işga joylaşiş va turmuşga moslaşişi uçun yordamga ehtiyojini va boşqa muammolari borligini aniqlaydi;
  • suhbat jarayonida aniqlangan muammolarini hal etiş hamda ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va ijtimoiy moslaştiriş çoralarini köradi;