Hujjatga köra, qöşimça mablağlarning asosiy qismi Mudofaa vazirligiga yönaltiriladi – 365,2 milliard grivna (9,9 milliard yevro). 

«Davlat budjetining umumiy jamğarmasi böyiça qöşimça xarajatlarni qoplaş maqsadida davlat içki qarzlari köpaytirildi va şunga mos ravişda 2022 yil 31 dekabr holatiga davlat qarzining maksimal miqdori oşirildi», — deyiladi xabarda. 

Qayd etilişiça, bunday qonunning amalga oşirilişi «milliy xavfsizlik va mudofaa sohasidagi dolzarb vazifalarni hamda Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi qurolli tajovuzini qaytariş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirişga, davlatning harbiy xizmatçilarga öz vaqtida va töliq moddiy yordam tölaş majburiyatlarini bajarişga imkon beradi.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiy holat şaroitida tizimli banklarni milliylaştiriş töğrisidagi qonunni imzoladi. 

Yangi qoida Moliya vazirligiga Rossiya Federatsiyasining harbiy tajovuzkorligi natijasida yuzaga kelgan asoslar böyiça Ukraina Milliy bankining taklifiga binoan tizimli ahamiyatga ega banklarni bozordan olib çiqiş huquqini beradi. 

Milliylaştiriş bankni tölovga layoqatsiz deb tasniflaş tartibida amalga oşiriladi, lekin davlatdan qöşimça kapitallaştirişni talab qilmaydi.