“Özgidromet” xabariga köra, bugun keçga tomon va ertaga respublikaning ayrim hududlarida biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati keçalari 5-10 daraja, kunduz kunlari 16-21 daraja iliq atrofida böladi.
Yakşanba kuni respublika hududiga Volgaböyi hududidan sovuq antitsiklon kirib keladi. Respublika böyiça yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida keçasi va ertalab yomğir yoğadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 10-15 daraja iliqqaça pasayadi.
Duşanba kuni kuçli yomğir yoğişi faqat şarqiy hududlarda saqlanib turadi. Farğona vodiysi viloyatlarida yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi. Qolgan hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati quyoş isişi hisobiga 13-18 daraja iliqqaça biroz kötariladi.
Respublikaning toğli hududlarida 29-31 oktyabr kunlari vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor), 30-31 oktyabrda ba’zi joylarda kuçli bölişi kutilmoqda.
30-31 oktyabrda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farğona viloyatlarida ba’zi joylarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar kuzatilişi kutilmoqda.Respublika böyiça ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin.












