Oktabr oyida Yevrohududda iste’mol narxlari 10,7 foizga oşdi. Bu haqda Yevrostat ma’lumotlarning birinçi bahosiga tayanib xabar qildi. Boltiqböyi mamlakatlarida inflatsiya taxminan 22 foizni taşkil etdi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, yevrohududda iste’mol narxlari oktyabr oyida 2021 yilning şu oyiga nisbatan 10,7 foizga oşgan. Şu tariqa, inflatsiya darajasi yangi tarixiy maksimal darajaga yetdi va 1999 yilda yevro joriy etilganidan beri birinçi marta ön foizlik belgidan oşib ketdi, deb xabar berdi Lyuksemburgdagi Yevropa statistika boşqarmasi (Yevrostat) 31 oktyabr, duşanba kuni olingan ma’lumotlarga tayanib.
Ötgan oyda bölgani kabi, oktyabr oyida ham energiya taşuvçilar narxlari ayniqsa kuçli oşdi – 41,9 foizga. Oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizga qimmatlaşdi.
Oktabr oyida inflatsiya darajasi Boltiqböyi mamlakatlarida boşqa yevrozona davlatlaridan yuqori bölib, ularning har birida taxminan 22 foizni taşkil etdi. Bundan taşqari, eng yuqori körsatkiç Niderlandiyada qayd etilgan - deyarli 17 foiz. Fransiya (7,1 foiz) va Ispaniyada (7,3 foiz) boşqa mamlakatlarga nisbatan iste’mol narxlari örtaça darajada oşdi. Germaniyada, Yevrostat ma’lumotlariga köra, oktabr oyida inflatsiya 11,6 foizni taşkil etdi. Öz navbatida, Germaniya Federal statistika boşqarmasi 28 oktabr kuni bu körsatkiç oktabr oyida 10,4 foizni taşkil etişini taxmin qildi. AFP ta’kidlaşiça, Yevrostat turli mamlakatlar körsatkiçlarini taqqoslab, boşqa hisoblaş usullaridan foydalanadi.
Sentabr oyida yevrohududda inflatsiya 9,9 foizni taşkil etdi.
Rekord inflatsiya va Rossiyaning Ukrainada davom etayotgan uruşiga qaramay, yevrohudud iqtisodiyoti uçinçi çorakda biroz ösdi. Yevroguruh mamlakatlari yalpi içki mahsuloti iyuldan sentabrgaça bölgan davrda ikkinçi çorakka nisbatan 0,2 foizga ösdi, deya xabar beradi Yevrostat.











