Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida iqtisodiyot tarmoqlariga yönaltirilgan imtiyozlar samaradorligi tahlili böyiça yiğiliş bölib ötdi.
Insonlar öz biznesini boşlaşi, noçor korxonalar yoki çekka hududlar “oyoqqa turib olişi” va yangi eksport bozorlariga kirişi uçun ba’zan yordam kerak. Bu pirovard natijada yangi iş örinlari paydo bölişi va aholi daromadlari oşişiga xizmat qiladi.
Şu maqsadda oxirgi yillarda bir qator imtiyozlar joriy etildi. 2021 yilda ularning jami hajmi 51 trillion sömni taşkil qilgan. Natijada ötgan yili 170 mingta yangi tadbirkorlik sub’yekti oçilgan, 500 mingdan ziyod iş örni yaratilgan.
Oxirgi olti yilda birgina soliq sohasida 1 ming 400 ga yaqin imtiyozlar taqdim etilgan.
Eksportni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan subsidiyalar ham öz natijasini berib, tadbirkorlarning taşqi bozorga çiqişiga madad bölmoqda. Birgina ötgan yilda 280 milliard sömdan ortiq şunday subsidiyalar ajratilgan bölib, uning 220 milliardga yaqini eksport böyiça transport xarajatlariga yönaltirilgan. Natijada 2 ming 800 ta korxona ilk bor taşqi bozorga çiqqan.
Şuningdek, eksportçi korxonalarga xalqaro standartlaş va sertifikatsiyalaş, suğurta va hatto reklama xarajatlari qisman qoplab berilmoqda. Natijada elektr texnikasi tarmoğida berilgan har bir söm subsidiya evaziga 870 sömlik eksport amalga oşirilgan. Bu körsatkiç töqimaçilik sohasida 555 söm, quriliş materiallari sohasida 273 sömni taşkil etgan.
Tadbirkorlarga kömaklaşiş uçun kredit foizlarini kompensatsiya qiliş va kredit kafolatlari beriş tizimi yaratildi. Ularga kredit yuklamalarini kamaytiriş maqsadida Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tomonidan 6 trillion 100 milliard sömlik majburiyatlar olingan bölib, joriy yilning özida 2 trillion 500 milliard sömlik kompensatsiyalar tölab berilgan.
Lekin, joylarda imtiyozlardan samarasiz yoki maqsadsiz foydalaniş holatlari ham uçrab turibdi. Masalan, davlat budjetidan 127 turdagi subsidiyalar joriy etilgan bölsa-da, amalda ularning 15 tasidan foydalanilmayapti.
Tarmoqlar va sohalar böyiça ham imtiyozlar samaradorligi bir xil emas. Misol uçun, qişloq xöjaligiga berilgan har 1 söm imtiyoz evaziga sohada 33 söm qöşilgan qiymat yaratilmoqda. Bu körsatkiç soğliqni saqlaş sohasida 30 söm, ta’limda 22 söm, axborot texnologiyalarida 16 sömni taşkil etmoqda.
Yiğilişda imtiyozlarning samaradorligini oşiriş böyiça körsatmalar berildi.
















