Kutilişiça, «ğalla yölagi» orqali qişloq xöjaligi mahsulotlari ortib olingan 8 ta kema ötadi.
Ukraina tomoni BMTdan tasdiqlov oldi, deya qöşimça qilib ötdi Aleksandr Kubrakov.
Avvalroq Ukrainadan qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti 21 million tonnaga yetgani xabar qilingandi.
Ukraina va YeI örtasidagi «birdamlik liniyalari» orqali 14 million tonna Ukraina qişloq xöjaligi mahsulotlari, 7 million tonnasi esa Qora dengiz orqali eksport qilingan, deya xabar berdi YeI.
«Birdamlik liniyalari» - Ukraina va Yevropa Ittifoqi örtasidagi eksport va import uçun asosiy transport kanalidir, deya ta’kidlaydi Yevropa Ittifoqi. 2022 yil may oyidan buyon uşbu temiryöl liniyalari böylab taşilgan xomaşyo va tovarlarning umumiy hajmi 29 million tonnani taşkil etdi. Qişloq xöjaligi mahsulotlaridan taşqari, Ukrainadan pölat eksport qilinadi, gumanitar yordam va zarur tovarlar esa olib kiriladi, dedi Stefan de Kirsmeyker.
Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişidan keyin xalqaro hamjamiyat Kiyev bilan birgalikda Ukraina tovarlarini eksport qilişning ikkita muqobil yölini – Yevropa Ittifoqining Ukraina bilan «birdamlik liniyasi» va Qora dengiz yölagini taşkil etişga muvaffaq böldi. Ukraina va YeI örtasidagi birdamlik liniyalari may oyida oçilgan, iyul oyida esa Ukraina portlarida yuk kemalarini blokdan çiqariş böyiça vaqtinçalik kelişuvga erişilgan edi. Yevropa Komissiyasining sönggi ma’lumotlariga köra, avgust oyida «birdamlik liniyasi» Ukrainadan (2,6 million tonna) qişloq xöjaligi eksportining 61 foizini, Qora dengiz yölagidan esa 39 foizni (1,6 million tonna) taşkil etgan.
29 oktyabr kuni Rossiya annexia qilingan Qrimdagi Sevastopol harbiy-dengiz bazasida Rossiya Qora dengiz flotining kemalari va infratuzilmasiga hujum uyuştirilgani munosabati bilan «ğalla bitimi»ni noma’lum muddatga töxtatayotganini e’lon qildi. Şu bilan birga, «birdamlik liniyalari» öz faoliyatini davom ettiradi, deb ta’kidladi Yevropa komissiyasi. Uşbu transport aloqasi örta va uzoq muddatga möljallangan bölib, uning işi takomillaştiriladi.













