Bugun, 1 noyabrdan boshlab UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Onix avtomobili uchun shartnoma berishni boshladi.
Ayni vaqtda Chevrolet Onix avtomobilining quyidagi komplektatsiyalariga buyurtma berish mumkin:
- 1,2 MT soddalashtirilgan komplektatsiya*– 126 500 000 so‘m;
- 1LS 1,2 MT komplektatsiya –152 996 000 so‘m;
- 1LT 1,2 MT komplektatsiya –159 160 000 so‘m;
- 3LT 1.2 MT komplektatsiya –163 254 000 so‘m;
- LTZ 1,2 Turbo AT komplektatsiya –189 957 000 so‘m.
Narxlar qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan ko‘rsatilgan.
Eng arzon komplektatsiya(126,5 mln so‘mlik), ro‘yxatda bo‘lsa-da, sotuvga chiqarilmagan.
«Olmoqchi bo‘lgan xaridorlar ariza berar ekan, agar yetarli ariza to‘plansa (yetarli deganda qancha ariza nazarda tutilayotgani noma’lum), keyin kompaniya bu pozitsiyani ishlab chiqarish yoki chiqarmaslikni o‘ylab ko‘rarkan. Xullas, katta ehtimol bilan bunaqa arzon komplektatsiyadan umid qilmasa ham bo‘ladi», - deya yozadi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.
E’tiborga molik jihati, UzAuto Motors o‘z rasmiy sahifasida Chevrolet Onix narxlarini QQSsiz keltirib o‘tgan. Bu avtomobillar narxini nisbatan arzon qilib ko‘rsatishga urinish bo‘lishi mumkin.
2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi hozirgi 15 foizdan 12 foizga tushiriladi. Demak, keyingi yildan boshlab, Chevrolet Onix narxlari ham 3 foizga arzonlab, quyidagicha sotilishi kerak.
- 1LS 1,2 MT komplektatsiya –149 004 000 so‘m;
- 1LT 1,2 MT komplektatsiya –155 008 000 so‘m;
- 3LT 1.2 MT komplektatsiya –158 995 000 so‘m;
- LTZ 1,2 Turbo AT komplektatsiya –185 001 000 so‘m.
Ajiotaj va turnaqator navbatlar

Chevrolet Onix sotuvi boshlanishi ortidan avtosalonlarda shartnoma olish uchun turnaqator navbatlar yuzaga kela boshladi.
Qariyb 5 soat ichida 13566 tadan ortiq shartnomalar imzolangan bo‘lib, shundan 55 foizi Onix’ning LTZ Turbo AT komplektatsiya uchun tuzilgan.















