Tahlilçilarning ta’kidlaşiça, sönggi ikki oy içida Prigojin xususiy harbiy kompaniya bilan aloqadorligini yaşirişni töxtatgan va özining ommaviy bayonotlarida yanada oçiqroq bölgan. 

«Ehtimol, u katta bosim ostida qolgan Rossiya milliy xavfsizlik tizimidagi obrösini oşirişga harakat qilmoqda», - deya xulosa qildi Britaniya razvedkasi.

Avvalroq Britaniyaning McCue Jury & Partners yuridik firmasi uruşdan jabr körgan ukrainaliklar nomidan Yevgeniy Prigojin va «vagnerçilar»ga qarşi sudga murojaat qilayotgani xabar berilgandi. 

Britaniyaning McCue Jury & Partners yuridik firmasi rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Prigojin va u asos solgan xususiy harbiy kompaniya (XHK) - «Vagner»ni uruşdan jabrlangan ukrainaliklar nomidan sudga beradi. Bu haqda 1 noyabr, seşanba kuni taşkilot saytida çop etilgan bayonotda aytiladi. 

Firmaning ta’kidlaşiça, u «dunyodagi yetakçi ekspertlar koalitsiyasi bilan kengroq fuqarolik jamiyati huquqiy kampaniyasi» doirasida iş olib bormoqda. Bayonotda qayd etilişiça, advokatlar Prigojin va «Vagner»ga ogohlantiriş yuborişgan. 

Huquqşunoslarning fikriça, bu holat dunyoning bunday taşkilotlardan «özlaridan ajralib, xalqaro jinoyatlaridan yaşirinişga urinayotgan» rejimlar uçun vositaçi sifatida foydalanişga munosabatini özgartirişi mumkin. 

«Vagner» XHKning yollanma askarlari köp yillar davomida Kreml tomonidagi turli qurolli mojarolarda yaşirin iştirok etganlikda gumon qilinmoqda. Moskva har doim xususiy harbiylaştirilgan guruhlar bilan aloqalarini rad etib keladi. 

Şu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqador hisoblangan Yevgeniy Prigojin sentabr oxirida «Vagner» XHK asosçisi ekanligini tan oldi. Uning sözlariga köra, u 2014 yilning may oyida Donbass ayirmaçilarini qöllab-quvvatlaş uçun harbiylaştirilgan tuzilmani yaratgan. 

Oktabr oyida Londonda joylaşgan Middle East Eye naşri nomi oşkor etilmagan manbalarga tayanib, Ukrainadagi yöqotişlar tufayli «Vagner» XHK Turkiya, Serbiya, Çexiya, Polşa, Vengriya, Germaniya, Moldova, Kanada va Lotin Amerikasi mamlakatlarida askarlarni yollaş böyiça sa’y-harakatlarni kuçaytirganini xabar qildi.