Samarqandda II Özbekiston iqtisodiy forumi öz işini boşladi. Unda mingdan ortiq mehmonlar iştirok etmoqda.

Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro valuta jamğarmasi, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki hamda Özbekiston hukumatining iqtisodiy bloki rahbarlari forumga yiğilgan.

Forum oçilişida Şavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Şerzod Asadov prezidentning forum iştirokçilariga murojaatini öqib eşittirdi.

“2022-2026 yillarda inklyuziv va barqaror iqtisodiy ösişga erişiş, inson kapitalini rivojlantiriş va kambağallikni kamida 2 barobarga qisqartirişni maqsad qilganmiz”, – deyiladi prezident murojaatida.

Yuqoridagi maqsadlarga erişiş uçun 6ta ustuvor vazifa belgilangani ta’kidlandi. Bular:

  • Iqtisodiyotda xususiy sektor rolini tubdan oşiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, investitsiya va soğlom raqobat muhitini yaxşilaşga alohida e’tibor berilmoqda;
  • Aholi turmuş sifatini oşiriş va yaşaş şaroitini yanada yaxşilaş maqsadida har bir mahallaning infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça keng kölamli dasturlar hayotga joriy etilmoqda;
  • Aholining kambağal va ehtiyojmand qatlamlarini manzilli ijtimoiy himoya tizimi bilan töliq qamrab oliş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş kölamini kengaytirişga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
  • Taşqi bozorlar va hamkor davlatlarda yuzaga kelgan tahlikali vaziyat şaroitida mamlakat makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlaş hamda inflatsiya sur’atlarini jilovlaş çoralari körilmoqda;
  • Mahsulot işlab çiqarişning barqaror tizimlarini yaratiş hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş diqqat markazida;
  • Barça hamkor davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytiriş – islohotlarning asosiy yönalişlaridan biri.

Şundan keyin sözga çiqqan boş vazir örinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov forumdan kutilayotgan vazifalar haqida gapirdi.

“Birinçi forum avvalgi beş yil davomida amalga oşirilgan islohotlar sarhisobi va istiqboldagi rejalarga bağişlangan edi. Şuningdek, mazkur forum doirasida xususiylaştiriş, davlat-xususiy şerikligi, kredit liniyalari va boşqa hamkorlik yönalişlari böyiça ellikdan ziyod şartnomalar imzolangan edi.