Prezidentning “Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasidan közlangan maqsad 2022 yil 21 iyun kuni Toşkent şahrida imzolangan “Özbekiston hukumati bilan Ozarboyjon hukumati örtasida noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşişda hamkorlik qiliş töğrisida”gi bitimni tasdiqlaş hisoblanadi.
Mazkur hujjat Özbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi apparatining va Vazirlar Mahkamasining topşiriqlariga muvofiq, Ozarboyjon prezidentining Toşkent şahriga taşrifi doirasida Özbekiston taşqi işlar vaziri darajasida imzolangan.
Bitim preambula va 15 ta moddadan iborat. Xalqaro şartnomaga köra, tomonlar öz davlatlari qonunçiligi va xalqaro majburiyatlarga muvofiq noqonuniy migratsiya sohasida hamkorlik qiladi.
Bitim doirasidagi özaro hamkorlik quyidagi yönalişlarda amalga oşiriladi:
- statistik, ilmiy-metodik va boşqa özaro manfaatlarni ifoda etuvçi ma’lumotlar bilan almaşiş;
- bir tomon davlati hududiga noqonuniy taşrif buyurgan şaxslarni aniqlaş va hisobga oliş;
- bir tomon davlati hududida topilgan yoki ölim bilan boğliq bölgan boşqa bir tomon davlati fuqarolarini şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni töğridan töğri tomonlar davlatlari diplomatik vakolatxonalariga yuboriş;
- tomonlar davlatlari fuqarolari taşrif buyurgan joyi (turar joyi) böyiça migratsion hisobga qöyiş yoki röyxatga oliş töğrisidagi ma’lumotlarni taqdim etiş.
Mazkur xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisidagi prezident qarori loyihasi 4 ta banddan iborat bölib, unda quyidagilar:
- yuqoridagi bitimni tasdiqlaş;
- mazkur xalqaro şartnomani amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan Özbekiston vakolatli organi etib IIVni belgilaş;
- Taşqi işlar vazirligiga Özbekiston tomonidan uşbu bitim kuçga kirişi uçun zarur bölgan davlat içki tartib-taomillari bajarilgani hamda uni amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan vakolatli organ belgilangani töğrisida Ozarboyjon tomoniga tegişli bildirişnoma yöllaş nazarda tutilgan.












