Rossiyada safarbarlik çindan ham tugadimi? Asosiy savollarga javoblar
|17:31 / 03.11.202216 22114 min
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Şoygu 28 oktyabr kuni prezident Vladimir Putin bilan uçraşuvda «qisman» safarbarlik doirasida prezident farmonida belgilangan miqdordagi askarlar yiğilganini aytdi. Biroq keyingi kunlarda ham butun Rossiya böylab erkaklarga çaqiruv qoğozlari kelişda davom etdi. Rasmiy ravişda, prezident safarbarlikni tugatiş töğrisidagi farmonni imzolamagunga qadar, harbiy xizmatga çaqiriş uçun huquqiy asoslar saqlanib qoladi. Putin esa hali bunday qarorni imzolagani yöq.
Foto: Aleksandr ŞÇerbak / TASSFoto: Aleksandr ŞÇerbak / TASS
Rossiya mudofaa vazirligi ham «qisman safarbarlik tadbirlari yakunlangani» haqida e’lon qildi. Vazirlik 1 noyabrdan çaqiruv qoğozlarini yetkazib beriş töxtatilgani, safarbarlik uçun foydalanilgan binolar oldingi vazifasiga qaytarilişini ma’lum qildi. Vazirlik bayonotiga köra, harbiy komissarliklarning şaxsiy tarkibi ham odatdagi xizmatiga qaytadi. Rossiyada harbiy xizmatga kuzgi çaqiruv esa 1 noyabrdan 31 dekabrgaça davom etadi, prezident farmoniga köra, bu muddatda 120 ming kişi harbiy xizmatga çaqirilişi kerak.
Bundan taşqari, RF mudofaa vazirligi kelajakda faqat köngillilar va şartnoma tuzgan askarlargina mamlakat qurolli kuçlariga yuborilişini va’da qildi. Aynan mudofaa vazirligi bayonotidan söng Putin jurnalistlarga safarbarlikni yakunlaş uçun maxsus farmon kerak yoki yöqligini «öylab körmagani» va bu masalada «huquqşunoslar bilan maslahatlaşişi»ni aytdi.
Keyinroq, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin «huquqşunoslar bilan maslahatlaşgani»ni bildirdi va huquqşunoslar prezidentga «qisman safarbarlik»ni tugatiş töğrisida alohida farmon talab qilinmasligi, safarbarlik bunday hujjatsiz ham yakunlanişi mumkinligini aytganini ma’lum qildi.
Xöş Rossiyada safarbarlik endi tugadimi?
Amalda yöq.
29 oktyabr kuni Peterburgda yaşovçi erkak kvartirasining poçta qutisidan çaqiruv qoğozini oladi. Unda fuqaroga 30 oktyabr kuni soat 09:00 da harbiy komissariatga borişi kerakligi aytilgan. U bu yerda yaşaşini heç qayerga yozmagan, hamma joyda özining qişloqdagi manzilini belgilagandi.
U safarbarlik boşlangandan buyon yaşirinib kelgan va jamoat joylariga çiqmagan. Erkak harbiy komissariatdagilar uni qanday topganidan bexabar. U belgilangan vaqtda komissariatga bormagan va yaşirinişda davom etgan.
Harbiy komissariatdagilar 31 oktyabr kuni irkutsklik 24 yoşli yigitning uyiga ham çaqiruv qoğozi olib borgan. «Ukam ançadan beri uyida yöq edi, ular otamga çaqiruv qoğozini berişga harakat qildi, ammo otam uni olmadi» deydi yigitning opasi. Uning ukasi vraç bölib, harbiy xizmat ötamagan, biroq safarbarlik talablariga töğri kelgan. Komissariat vakillari yigitga yaqin kunlarda harbiy komissariatga borişi kerakligini yetkazib qöyişni sörab, jönab ketadi.
Xabarovsklik Mixailning ota-onasi (qahramonning ismi uning iltimosiga binoan özgartirilgan) 30 oktyabr kuni keçqurun öğlining nomiga çaqiruv qoğozi oladi. Mixail safarbarlik boşlanişi bilanoq Rossiyani tark etgandi. Uning onasi komissariat xodimlariga öğli ançadan beri xorijda ekanini aytadi. Şundan söng xodim çaqiruv qoğozi orqasiga «çet elda» deb yozib qöygan.
Mavzuga oid
Oxirgi bir neça kun içida turli hududlardagi harbiy komissariatlar Şoyguning bayonotidan keyin ham çaqiruv qoğozlari berilişi davom etayotganini ma’lumotlarni tekşiriş zarurati deya izohladi.
«Hozir yetkazilişi mumkin bölgan çaqiruv qoğozlarini safarbarlik sifatida emas, balki ma’lumotlarga aniqlik kiritiş sifatida qabul qiliş lozim. Bu bizga zaxiradagilarning yangilangan ma’lumotlar bazasini şakllantiriş uçun kerak. Biz hozir buni tartibga solişimiz joiz», degan Kursk oblasti gubernatori Roman Starovoyt.
Xuddi şunday bayonot Penza oblasti harbiy komissari tomonidan ham berilgan. Uning sözlariga köra, 28 oktyabrdan keyin çaqiruv qoğozini olib, harbiy komissariatga kelganlardan harbiy sifatidagi kasbiy ma’lumoti, kasalligi borligi, yaşaş joyi va boşqa ma’lumotlar olinadi.
Foto: EPA
Biroq, bu sözlarga zid bölgan holatlar ham ma’lum.
Şoygu Putinga safarbarlik rejasi bajarilgani haqida hisobot bergan kuni Şuyskiye sitsy fabrikasida işlovçi ivanovolik 24 yoşli Dmitriy Kutsenkoning iş joyiga çaqiruv qoğozi kelgan. Iş beruvçi Kutsenkoga bron (safarbarlikdan himoya qoğozi) beradi. Ertasi kuni Kutsenko narsalari bilan harbiy komissariatga boradi. U bronni özi bilan olmaydi (safarbarlik tugaganiga işonadi). Undan pasporti, çaqiruv qoğozi va harbiy biletini olib qöyişadi va uni şu yerdan Vladimir oblasti, Kovrov şahridagi harbiy qismga olib ketişadi.
Rostov oblastining Bataysk şahridan bölgan fuqaro 27 oktyabr kuni çaqiruv qoğozi oladi va 28 oktyabr kuni, Şoyguning safarbarlik tugagani haqidagi e’lonidan xabar topib, ertasi kuni harbiy komissariatga boradi.
U yerda unga çaqiruv qoğozi hali amalda ekanini aytişadi va uni köngilli sifatida röyxatga olişadi. Fuqaroga 2 noyabr kuni narsalari bilan tayyor holatda komissariatga keliş tayinlanadi. Fuqaro jurnalistlarga aslida köngilli bölişga rozilik bermaganini aytgan.
Şunday qilib, prezident «qisman» safarbarlikni yakunlaş töğrisidagi farmonni imzolamagunga qadar mudofaa vazirligi istalgan vaqtda hududlarga yangi safarbarlik rejasini yuborişi mumkin, şundan söng safarbarlik qayta boşlanadi.
Rossiya Federatsiyasida safarbarlik 1997 yilda qabul qilingan federal qonun talablariga köra, Vladimir Putinning farmoni bilan e’lon qilindi. Ammo bu qonunda «demobilizatsiya» atamasi tilga olinmagan va safarbarlikni tugatiş yoki töxtatiş qoidalari ham körsatilmagan. Biroq, qonunning 4-moddasida safarbarlikni yakunlaş töğrisidagi qaror faqat davlat rahbari tomonidan qabul qilinişi mumkinligi körsatilgan muhim band bor:
«Rossiya Federatsiyasi prezidenti uşbu moddaning 1-bandida körsatilgan vakolatlarga qöşimça ravişda, safarbarlikka tayyorgarlik va safarbarlik sohasida uşbu federal qonun bilan tartibga solinmagan boşqa vakolatlarni ham amalga oşiradi».
«Agora» inson huquqlari taşkiloti rahbari Pavel Çikov ham «Meduza» naşriga RF mudofaa vazirligining «safarbarlik tadbirlari»ni tugatiş haqidagi bayonoti huquqiy kuçga ega emasligini tasdiqlagan. Hudud rahbarlari yoki prezident matbuot kotibining va’dalari hukumatga heç qanday majburiyat yuklamaydi.
Bundan taşqari, Putinning bayonoti ham Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga toki bu haqida alohida qonun qabul qilinmagunga qadar heç qanday kafolat bermaydi.
Lekin şuni aytiş mumkinki, agar prezident «qisman» safarbarlikni tugatiş töğrisidagi farmonni imzolasa, bunday hujjat şartnoma böyiça barça harbiy xizmat ötayotganlarning öz xohişiga köra iste’foga çiqişiga imkon yaratadi, şuningdek, bu safarbar qilinganlarni demobilizatsiya qilişni ham anglatadi.
Bu Putinning «qisman» safarbarlik töğrisidagi farmonida «safarbarlik orqali harbiy xizmatga çaqirilganlar RF qurolli kuçlarida şartnoma böyiça harbiy xizmatni ötayotgan harbiy xizmatçilar maqomiga ega bölişi» haqidagi qoida mavjudligi bilan boğliq. Harbiy xizmat uçun tuzilgan şartnomalar esa «qisman safarbarlik tugagunga qadar» amal qiladi.
Putin yangi safarbarlik bölmasligi, biroq safarbar qilinganlar frontda qolişi haqida buyruq çiqarişi mumkinmi?
Prezidentning bu boradagi vakolatlari şunçalik kengki, boşqaça variantlar ham tanlanişi mumkin.
Inson huquqlarini himoya qiluvçi «Fuqaro. Armiya. Qonun» guruhi direktori Sergey Krivenko mustaqil Rossiyada safarbarlik birinçi marta amalga oşirilayotganini va şuning uçun bu borada aniq normalar işlab çiqilmaganini qayd etdi.
Şu sababli, Vladimir Putin turli variantlardan foydalanişi mumkin. Masalan, u sentabr va oktyabr oylarida harbiy xizmatga çaqirilganlarni demobilizatsiya qiliş, lekin ular örniga yangi harbiy xizmatçilarni safarbar qiliş haqida qaror qabul qilişi ham mumkin.
Harbiy nuqtayi nazardan Rossiya armiyasiga yana qöşimça askarlar kerakmi?
Yaqin kelajakda Rossiya armiyasiga yana qöşimça kuçlar kerak bölişi mumkin.
Hozirda qança fuqaro safarbarlik doirasida armiyaga çaqirilgani noma’lum (topşiriq Putin farmonining maxfiy bandida keltirilgan). Agar bu son Şoygu va Putin tomonidan qayta-qayta aytilgan 300 ming kişi deb olinsa, unda bu miqdor Ukraina armiyasi bilan tenglikni tiklaş uçun yetarli emas.
Ukrainada fevral oyi oxiridayoq safarbarlik e’lon qilingandi. Ukraina mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, avgust oyiga kelib, bir milliondan ortiq kişi uruşga safarbar etilgan. Bu ma’lumot rost yoki yolğonligini aniqlaş imkonsiz, ammo frontdagi voqealar rivoji şuni körsatmoqdaki, Ukraina qurolli kuçlari askarlar soni böyiça Rossiya qurolli kuçlaridan sezilarli darajada ustunlikka ega. Ukraina qömondonligi nafaqat mavjud bölinmalardagi yöqotişlar örnini töldirdi, balki önga yaqin yangi diviziyalar (hududiy mudofaa bölinmalarini hisobga olmaganda) tuzdi. Va bu Ukraina qurolli kuçlariga sentabr oyi boşida qarşi hujum uyuştiriş imkonini berdi.
Ukrainaga bostirib kirişdan oldin rus armiyasi bölinmalari tinçlik davridagi talablarga muvofiq tuzilgandi. Batalon taktik tuzilmalarining (brigadalar, diviziyalar) katta qismi harbiy harakatlarda iştirok etmasligi kerak bölgan muddatli çaqiriluvçilardan iborat edi. Har bir taktik tuzilmalar batalonlarning faqat yarmini frontga yuborişi mumkin edi. Şuningdek, uruşdan oldin yangi tuzilmalar soni şartnomaviy askarlarning haqiqiy sonidan tezroq ösib borgani sabab, batalonlarda ham, rotalarda ham şaxsiy tarkib belgilangandan (ba’zan ikki baravar) kam edi. Uruşning boşidanoq rus armiyasi piyodalar hamda logistika va ta’minot tizimi uçun xizmatçilar yetişmasligi muammosiga duç keldi.
Fevral oyidan beri Rossiya armiyasi köplab jangçilarni, şu jumladan, şartnomani bekor qilgan harbiy xizmatçilarni yöqotdi. Vazirlik ularning örniga faqat «köngillilar» orasidan qöşimça kuçlarni oldi. Ularning umumiy soni bor-yöği bir neça ön ming kişini taşkil etdi. Natijada, kuzga kelib, Donbassdagi tan olinmagan respublikalar va xususiy harbiy kompaniyalarning köplab bölinmalari mudofaa vazirligi bölinmalariga qaraganda yaxşiroq jangovar qobiliyatga ega böldi.
300 ming safarbar qilingan askar faqatgina yöqotişlarni töldiriş va ehtimol, rotalar va batalonlarni töliq şaxsiy tarkib bilan ta’minlaş uçun yetarli böladi (safarbar qilinganlarning aksariyati uruşdan oldin şartnoma tuzgan askarlarga qaraganda yomon jangovar tayyorgarlik va mahoratga ega).
Ayni paytda Ukrainada ham safarbarlik davom etmoqda va mamlakatning inson resurslari hali tugamagan.
Agar Kreml «ğalabali yakunga qadar» uruşni davom ettirmoqçi bölsa, unda safarbarlik hali uzoq vaqt davom etişi kerak. Nazariy jihatdan, bu rus armiyasi Ukraina armiyasi bilan son böyiça tenglaşgunça yoki undan ötib ketgunga qadar davom etadi. Bu jarayon mudofaa vazirligining taşkiliy imkoniyatlari, kiyim-keçak zaxiralari va mamlakatdagi siyosiy vaziyat (masalan, fuqarolarning uruş sabab kuçayib borayotgan çarçoqlari) sabab yanada qiyinlaşişi mumkin.
Mudofaa vazirligi yangi safarbar qilinganlar bilan frontdagi vaziyatni önglay olmaydimi, bu safarbar qilinganlar xizmatidan voz keçişga olib keladimi?
Buni taxmin qiliş qiyin.
Rossiya bir vaqtning özida safarbar qilinganlar sonini keskin oşira olmaydi, çunki bu çaqiriluvçilarni tayyorlaş va qurollantirişning imkoniyati yetarli emasligi bilan çeklangan. Hozir bu tizim asosan safarbarlik asosida çaqirilgan askarlarni qayta tayyorlaş bilan şuğullanmoqda (muddatli harbiy xizmatga çaqiruv safarbarlikdan keyingi qoldirildi).
Biroq, safarbarlikni Ukraina kabi bir neça bosqiçlar orqali amalga oşiriş mumkin. Ukrainada safarbarlikka xalaqit bermasligi uçun muddatli harbiy xizmatga çaqiruv ham bekor qilingan.
Umuman olganda rossiyaliklar yengil nafas olişiga hali ertami?
Afsuski, ha.
Agar Putin safarbarlikni yakunlaş töğrisidagi farmonni imzolagan taqdirda ham, unga heç nima istalgan daqiqada safarbarlikni qayta tiklaş töğrisida buyruq berişga tösqinlik qilmaydi. Ammo hozir heç qanday farmon imzolanmagan, safarbarlik davom etmoqda va Davlat dumasi deputatlari parlamentga safarbarlikdan böyin tovlagani uçun jazolaş imkonini beruvçi qonun loyihasini kiritişni rejalaştirgan. Töğri, keyinroq bu rejadan voz keçilgandek böldi.
Bir narsa aniq: Vladimir Putin tegişli farmonni imzolamagunga qadar harbiy komissariatlar çaqiruv qoğozlarini yuboriş va safarbarlikni davom ettiriş huquqiga ega.
Jurnalist Dmitriy Kolezevning ta’kidlaşiça, bunday huquqiy noaniqlik, hokimiyat uçun qulay repressiv mexanizm bölib, hukumatga «noqulay» odamlarni frontga yuboriş imkonini beradi.
Rossiya rasmiylarining sözlariga işoniş juda xavfli. Uruşning boşidanoq ular fuqarolarni hukumatda safarbarlik e’lon qiliş rejasi yöqligiga işontirdi. Safarbarlik boşlanişidan sakkiz kun oldin Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov heç qanday safarbarlik masalasi körilmayotganini aytdi. 8 mart kuni Putinning özi ham muddatli harbiy xizmatçilar va zaxiradagi askarlar harbiy harakatlarda qatnaşmasligini ma’lum qilgandi.
Iyul oyida esa safarbarlik ötkaziş rejalari mudofaa vazirligi tomonidan ham rad etildi. Öşanda vazirlik armiyada «maxsus operatsiya» topşiriqlarini bajariş uçun «yetarli» harbiy xizmatçilar borligini aytib, «miş-mişlarga işonmaslik»ka çaqirgandi.