Toşkentning Olmazor tumani, Sebzor dahasidan Kun.uz'ga murojaat böldi. Nurafşon va Sebzor köçalari kesişmasida, çorrahaning yonginasida daraxtzor boğ bölgan joy noma’lum kişilar tomonidan örab olingan va qandaydir quriliş boşlanişi mumkin ekan. Çiltöğon mahalla aholisi bizdan bu muammoni yoritib berişimizni sörab, murojaat qilişdi.

Voqea joyiga yetib borganimizda, darhaqiqat, daraxtzor hudud örab olingani, içkarida bir neça daraxtlar yiqilib yotgani, bir neça daraxtlar esa qurib qolganiga guvoh böldik. Mahalla faollarining aytişiça, bu yerda bir neça yildan beri şu ahvol.

“Içkariga kirib, daraxtlarni davolamoqçimiz, ayni paytda davom etayotgan “Yaşil makon” loyihasi doirasida yana qöşimça daraxtlar ötqazmoqçimiz, ammo hududni örab olganlar bizga na darvozani oçib berişadi, na içkariga kiritişadi. Topib olgan gaplari – “Bizning mulkimiz bor bu yerda”.

Nima uçun mahallaning kökalamzor boği bölgan hududni örab olişdi? Kim ularga ruxsat berdi?” – deydi fuqaro Şuhrat Inoyatov.

Hududda 64 tup daraxt borligini Ekologiya şahar boşqarmasi tomonidan berilgan tavsiyanoma xatida köriş mumkin. Ularning ayrimlari qarovga, davolaşga muhtoj, ayrimlari, yuqorida aytilganidek, qarovsizlik oqibatida yoki atayin yiqitilgan.

Yölning narigi tomonidan kelib, yer osti orqali töğon bölib bu tomonga çiqqan boğ hududidan oqib ötgan ariq sohili ham aholi uçun yopib taşlangan. Şahar hokimligi oqar suvlar atrofini obodonlaştirib, xalq uçun sayr qilişga, hordiq çiqarişga oçib beriş borasida işlar olib borayotgan bir paytda bölyapti bu işlar. Qolaversa, töğon yoniga nahotki biror bino quriş mumkin bölsa?

Bizdagi hujjatlarga köra, “Airport House Builders” MÇJ bu yerda köp qavatli uy yoki biznes-markaz qurişi mumkin. Buning uçun Çiltöğon mahallasining avvalgi raisi nomiga yozilgan xat ham bor ekan.