Uruşning 252-kunidagi asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Ukraina Qora dengizdagi portlar orqali oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilişini ta’minlaydigan «ğalla kelişuvi»ga qaytganini ma’lum qildi. Rossiya bu kelişuvdagi iştirokini Qora dengiz floti kemalariga dronlar orqali hujum qilingani sabab 30 oktyabr kuni töxtatgandi, ammo endi Ukrainadan xavfsizlik yölagi harbiy harakatlar uçun foydalanilmasligi borasida kafolat olganini bildirdi.
  • Polşa Kaliningrad oblasti bilan çegarada ikki yarim metrlik tösiq qurişga kirişdi.
  • Rossiya FXX Qrimda Ukraina maxsus xizmatlari diversiyasining oldi olinganini ma’lum qildi.
  • Çuvaşiyada 100 dan ortiq safarbar qilinganlar Ulyanovskdagi öquv markazida tölovlar yöqligidan norozi bölib isyon qilişdi.
  • RF vitse-premeri Marat Xusnullin 8 oktyabr kungi portlaş oqibatida şikastlangan Qrim köprigini tiklaş işlari dekabrda yakunlanişini va’da qildi.
  • New York Times gazetasi xabar berişiça, Rossiya generallari Ukrainaga qarşi taktik yadro quroli qöllaş imkoniyatlarini muhokama qilgan. Bu ma’lumotni Oq uy vakili ham tasdiqladi.
  • Bu vaqtda Rossiya TIV «yadro uruşining oldini oliş lozimligi» töğrisida bayonot berdi, unda Rossiya yadro doktrinasi faqat mudofaaviy xarakterga ekani aytilib, buni özgaça talqin qilişga yöl qöyilmasligiga va’da berilgan. Rossiya yadro qurolini faqat ommaviy qirğin qurollaridan foydalangan holda amalga oşirilgan tajovuzga javoban qöllaşi mumkinligi aytilgan. 
  • Ukraina manbalari ta’kidlaşiça, Rossiya qöşini Zaporijjya AESning işlatilgan yadro yonilğisi saqlanadigan hududida noma’lum obekt qurmoqda va u yerga stansiya xodimlari kirişiga ruxsat berilmayapti.

Quyida 2 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Svyatigorskda vayron qilingan monastir

Svyatogorsk — Donetsk oblasti şimolidagi şahar. Rossiya qöşinlari uni iyun oyi boşida egallab olgandi, sentabr oyida esa Svyatogorsk Ukraina armiyasi tomonidan ozod etildi. Rossiyaliklar şaharni egallagan bölsa-da, Şimoliy Don daryosining narigi sohilida joylaşgan Svyatogorskaya lavri ibodatxonalar majmui Ukraina qurolli kuçlari nazoratida qolgandi. Rossiyalik harbiylar bu hududni bir neça bor öqqa tutişgan, 7 may kungi zarbalar oqibatida Svyatogorsk yaqinidagi Dolina qişloğida joylaşgan Avliya Georgiyevskiy monastiri vayron etilgandi.