Tadbir davomida Senat raisi Özbekistonda gender tengligi masalasida normativ huquqiy bazani xalqaro standartlardan kelib çiqqan holda takomillaştiriş işlari tizimli davom ettirilayotgani, gender ekspertizasidan samarali foydalanib, xotin-qizlar uçun imkoniyat va kafolatlarni yanada kengaytiriş, iqtisodiy tazyiqlarning oldini olişga oid normalar tatbiq etib borilişi haqida gapirdi.

Norboyevaning qöşimça qilişiça, xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga, axborot texnologiyalari, dasturlaş, onlayn tijorat qiliş sohalarida öqitiş, bu sohada mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun imkoniyatlar yaratiş masalalariga e’tibor qaratiş kerak.

«Umuman olganda, davlat mutasaddi taşkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, faol jamoatçilik – barçamiz sa’y-harakatlarimizni birlaştirib, ayollarimizning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş strategiyasini işlab çiqişimiz va uni röyobga çiqarişimiz zarur. Barça hamkorlarimiz, jamiyatimiz faollarining sohadagi tizimli muammolarni bartaraf etiş yuzasidan taklif va tavsiyalarini, bu borada yangi loyiha va taşabbuslarini ilgari surişda qöllaymiz», – dedi Senat raisi.