Germaniyaga Ukrainaga Gepard öziyurar zenit qurilmalari (ÖZQ)uçun Şveytsariyada işlab çiqarilgan snaryadlarni yetkazib berişga ruxsat berilmadi. Şveytsariyaning betaraflik siyosati Germaniyaning uşbu öq-dorilarni Ukrainaga reeksport qiliş talabiga yöl qöymaydi, deyiladi 3 noyabr, payşanba kuni Şveytsariya iqtisodiyot vaziri Gi Parmelinning Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrextga yöllagan maktubida. Xabarda tuşuntirilişiça, Şveytsariya qonunlari qurolli töqnaşuvlar bölayotgan mamlakatlarga qurol eksport qilişni taqiqlaydi.

Yoz boşida Germaniya Bern hukumatidan Gepard ÖZQ uçun Ukrainaga 12 400 snaryadni reeksport qiliş uçun ruxsat söradi. Şundan söng Şveytsariya özining betarafligini aytib, bu sörovni rad etdi. 31 oktabr kuni Lambrext Bernga yangi sörov yuborgani ma’lum böldi. Şu bilan birga, nemis ommaviy axborot vositalarining yozişiça, u Ukrainadagi don eksporti uçun muhim ahamiyatga ega bölgan muhim infratuzilma va dengiz portlarini himoya qiliş zarurligiga işora qilgan.

Gepard ÖZQ Germaniya Ukrainaga topşirişni va’da qilgan oğir qurollarning birinçi turi böldi. Sentabr oyining oxiriga kelib, Ukrainaga va’da qilingan barça 30 ta zenit qurilmalari Kiyevga yetkazildi. Şu bilan birga, muammolar boşidanoq Gepard uçun öq-dorilar bilan boğliq edi.

Dastlab, Ukrainaga 60 ming snaryad topşirildi, ammo Ukraina qöşinlari öq-dorilarni sarflaşining yuqori tezligi hisobga olinsa, bu yetarli bölmadi. Kristin Lambrext Bernga yozgan sönggi maktubida Rossiyaning qanotli raketalari va dronlariga qarşi Gepard'ning intensiv qöllanilişi tufayli Ukrainada snaryadlarning keskin tanqisligi yuzaga kelganiga işora qildi.