Özbekistonda ham kuz-qiş mavsumida aholining öz xonadonlaridagi isitiş moslamalaridan notöğri foydalanişi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida turli köngilsiz holatlar yuzaga keladi. Ayrim fuqarolarning e’tiborsizligi tufayli önlab insonlar bevaqt hayotdan köz yumadi.
— Uglerod oksidi, ya’ni is gazi hidsiz va rangsiz bölib, inson özida holsizlaniş alomatlarini his qilmaguniça uning borligini sezmaydi, — deydi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov. — Uşbu gazdan zaharlaniş uçun esa uning eng kam miqdori yetarli hisoblanadi. Şu bois is gazi «körinmas qotil» deb ham ataladi. Uglerod oksidi asosan tabiiy gaz, kömir, ötin çöğlarining töliq yonmasligi natijasida hosil böladi.
Şuningdek:
- yonğin;
- işlab çiqarişda turli organik moddalarni sintezlaşda is gazidan foydalaniş;
- yetarli havo aylanmaydigan şaroitda gazga moslaştirilgan qurilmalarning havoni tortiş mexanizmi işdan çiqişi yoki ventilyatsiya kanallariga havo yetarliça kirib turişi;
- uy şaroitida quvurlardan tabiiy gaz sizib çiqişi va peçlar qopqoğini yopmaslik oqibatida ham hosil böladi.
U barça muhitda yuzaga kelişi mumkin, hatto, gaz plita duxovkasida ham. Buning asosiy sababi yoniş maydonida yetarli kislorod mavjud emasligida.
Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etib, avvalo, qonga kiradi va gemoglobin hujayralarini zararlaydi. Şundan söng gemoglobin kislorod taşiş qobiliyatini yöqotadi. Odam bu gazdan qança köp nafas olsa, uning qonida gemoglobin şunçalik kamayadi va tanada kislorod yetişmovçiligi paydo böladi. Is gazidan zaharlanişdan söng gemoglobin hujayralarini tiklaş uçun köp vaqt talab etiladi.
Uglerod oksididan zaharlaniş qisqa muddatda yoki sekinlik bilan yuzaga çiqişi mumkin. Bu esa öşa muhitda havo tarkibidagi gazning konsentratsiyasiga boğliq. Agar uning miqdori kam bölsa, insonda muşaklar böşaşişi, boş aylanişi, quloqlarda şovqin, köngil aynişi, qusiş, uyquçanlik kuzatiladi.
Yuqori konsentratsiyada zaharlaniş tezda yuzaga çiqadi va huşdan ketiş, tutqanoqlar va nafas töxtaşi bilan namoyon böladi. Eng yomoni, nafas markazining falajlanişi oqibatida ölim holati yuz berişi mumkin. Ba’zida zaharlanişdan 2-3 hafta ötib ham bemorlarning vafot etiş holatlari qayd etilgan.
«Şu bois is gazi xavfidan doimo ogoh böliş, isitiş moslamalaridan töğri foydalaniş, eng muhimi, yuqoridagi sabablarning kelib çiqişiga yöl qöymaslik lozim», deyiladi SSV matbuot xizmati

















