Twitter ijtimoiy tarmoğiga egalik qiluvçi Twitter Inc kompaniyasi rahbariyati xodimlarga kompaniyada yuz beradigan qisqartiriş haqida rasmiy e’lon bilan elektron xatlar jönatdi. AFP agentligi keltirgan xabar matniga köra, işdan böşatiş 4 noyabr, juma kuni AQŞda mahalliy vaqt bilan iş kunining boşida boşlanadi.
Maktubda aytilişiça, xodimlar firmada işlaşni davom ettiradimi yoki yöqmi, degan savolga elektron poçta orqali yuborilgan xabarda javob oladi. Şu bilan birga, ular vaqtinça yopilganligi sababli ofislardagi öz joylariga kelmasliklari söralgan va işxonaga kiriş ruxsatnomalarining amal qiliş muddati töxtatilgan. Xatni öqişdan oldin ofislarga borganlardan uylariga qaytişlari söraladi, kompaniyada dam oliş kuni e’lon qilindi.
Twitter Inc boşqaruvi qisqartirişlarni platforma «aql bovar qilmaydigan darajada qiyin tajriba»dan ötayotgan bir paytda yuzaga keladigan «murakkab jarayon» deb atadi. «Biz bu Twitter’ga qimmatli hissa qöşgan bir qator odamlarga ta’sir qilişini tuşunamiz, ammo afsuski, bu harakat kompaniyaning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlaş uçun zarur», — deyiladi maktubda.
AQŞ matbuotiga köra, Twitter Inc’ning yangi egasi - biznesmen Ilon Mask xodimlar sonini 50 foizga qisqartirişni rejalaştirmoqda. Twitter’da hozirda 7500 ga yaqin odam işlaydi.
Kompaniyadagi işdan böşatiş Mask aprel oyida e’lon qilgan kompaniyani 44 milliard dollarga sotib oliş böyiça bitimni yopgandan söng darhol boşlandi. Şundan söng u öz fikrini özgartirişga urindi, biroq Twitter direktorlar kengaşi bitimni yakunlaşni talab qilib, uni sudga beriş niyatini bildirgaç, xaridga qaytdi. Maskning tanqidiga ijtimoiy tarmoqdagi botlar va soxta akkauntlar soni haqidagi göyoki işonçsiz ma’lumotlar sabab böldi.
Ilon Mask kelişuv yakunlanganini rasman e’lon qilişidan oldin ham u boş direktor Parag Agraval, moliya direktori Ned Segal, boş huquqşunos Vijaya Gadde va kompaniyaning bir qança boşqa top-menejyerlarini işdan böşatdi. Noyabr oyi boşida Mask kompaniya direktorlar kengaşining tarqatilişi vaqtinçalik çora ekanligini aytdi.
2026 yilga borib Mask ijtimoiy tarmoqdan tuşgan daromadni joriy yillik 5 milliard dollardan 26 milliard dollargaça oşirişni rejalaştirmoqda. Şu bilan birga, tadbirkor kompaniya qiymatini oşirib yuborilgan deb hisoblaşini aytdi. U kelişuvni sud jarayoni tahdidi tufayli emas, balki «sivilizatsiya kelajagi uçun yangiliklarni tarqatiş va fikr almaşiş uçun raqamli platformaga ega böliş muhim, deb hisoblagani uçun yopgan».












