Unga Hawk havo hujumidan mudofaa tizimlari, 250 ta M1117 zirhli transportyorlari, 40 ta zirhli qayiqlar, 1100 ta Phoenix Ghost dronlari, şuningdek, Çexiya Respublikasida saqlanayotgan 45 ta yangilangan sovet T-72 tanklari kiradi, deb xabar berdi Pentagon vakili. 

Ajratilgan mablağning bir qismi Germaniyada Kiyevga harbiy yordam ajratiş, jumladan, harbiy kadrlar tayyorlaşni muvofiqlaştiruvçi ştabni taşkil etişga sarflanadi.

Bundan oldin Microsoft Ukrainaga texnik yordam uçun yana 100 million dollar ajratişi xabar qilingandi.

Ukraina 2023 yil davomida butun Yevropa böylab Microsoft bulutli xizmatlari va ma’lumotlar markazlaridan bepul foydalanişi mumkin, deya ma’lum qildi texnologiya korporatsiyasi. 

Microsoft qöşimça texnologiya yordami uçun qariyb 100 million dollar ajratişga va’da berdi, bu esa fevral oyida Rossiya bosqinining boşlanişidan beri Ukrainaga taqdim etilgan umumiy yordami hajmi 400 million dollarga yetişini anglatadi. 

Kompaniyaning qöllab-quvvatlaşi «Ukrainadagi davlat idoralari, muhim infratuzilma va boşqa tarmoqlarga raqamli infratuzilmani boşqarişda davom etiş va Microsoft bulutli xizmatlari orqali fuqarolarga xizmat körsatiş imkonini beradi», deb yozadi Microsoft prezidenti Bred Smit öz blogida.