Yettilik guruhi (G7) davlatlari taşqi işlar vazirlari Germaniyaning Myunster şahrida ötkazilgan yiğilişda Eronni boşqa davlatlar va nodavlat taşkilotlarga uçuvçisiz uçiş apparatlarini (harbiy dronlarni) yetkazib berişda aybladi. 

G7 davlatlari taşqi işlar vazirlari bayonotida Eronning Yaqin Şarq va uning atrofidagi vaziyatni beqarorlaştiriş harakatlari qoralangan.  

Unda Tehronning ballistik va qanotli raketalar, şuningdek, dronlar bilan boğliq harakatlari qayd etilgan. Eron harbiy dronlarni boşqa davlatlarga yetkazib berişda ayblangan. 

Avgust oyida The Washington Post gazetasi Eron Rossiyaga öz dronlarini yetkazib berayotgani haqida maqola çop etgan edi. Keyinçalik Amerika ma’muriyati vakillari tomonidan şunga öxşaş bayonotlar qilindi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday xabarlarni uydirma deb atadi.  

Sentyabr oyi oxirida Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Tehron Ukrainadagi mojaroda iştirok etayotgan tomonlarning heç birini qöllab-quvvatlamasligi, Kiyevga ham, Moskvaga ham çet el qurollari yetkazib berilişiga qarşi ekanini aytgan edi. 

G7 yoki «Katta yettilik» — norasmiy xalqaro klub bölib, AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya va Yaponiyani birlaştiradi.