Transport vazirligining Toşkent şahar transport tizimini kompleks rivojlantiriş loyiha ofisi direktori Murod Obidovning Kun.uz muxbiriga ma’lum qilişiça, Toşkentni suv bosayotganining 2 ta omili bor. 

Murod Obidov, Transport vazirligining Toşkent şahar transport tizimini kompleks rivojlantiriş loyiha ofisi direktori

“Birinçisi sönggi bir neça 10 yil davomida poytaxtda katta yomğirlar bölmaganidir. Bu yomğirlar yaqindan yoğa boşladi. 

Ikkinçi omilimiz esa uzoq yillar davomida şaharni boşqargan ma’lum bir xizmatlar, rahbariyatlar tomonidan şaharning oqova suv tizimlariga vaqtida e’tibor berilmagani hamda mana şu tizimlar ötadigan suv yöllariga binolar, turli boşqa obektlar qurib taşlanganidir. Şu orqali bu yaxlit bölgan tizim qandaydir holatda uzilib qolgan. Ya’ni oqayotgan suv oqib ketmay, qaysidir tösiqqa borib urilsa, u qayergadiir sizib çiqadi baribir. 

Hozirda "lotok"larning usti yopilişi bunga sabab deb ayta olmayman, şunçaki bu suv ketiş tizimi qayerdadir buzilib, uning ustidan binolar qurilganidan hisoblanadi. Va bu binolar yaqin 5 yilda barpo qilinmagan. Ular ança oldindan qurib kelingan. Agar şu mavzuni kötaradigan bölsak, yana 10-15 yillik tarixga qaytişimizga töğri keladi. Qançadir vaqt davomida bular e’tibordan çetda qolgani uçun ayni vaqt şunday muammolar yuzaga kelmoqda. Bu aslida alohida bir katta mavzu, bunga ham xuddi transport tizimiga qaragandek, qaraş lozim deb öylayman”, – dedi u.