Körgazmaning oçiliş marosimida Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev boşçiligidagi mamlakat delegatsiya iştirok etdi.

Özbekistonning madaniy-tarixiy merosi va zamonaviy taraqqiyotini aks ettiruvçi körgazma Yevroparlamentning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar böyiça delegatsiyasi bilan hamkorlikda taşkil etildi.

Tadbirda Yevropa parlamenti deputatlari, Yevropa komissiyasi va Yevropa taşqi harakatlar xizmati vakillari, diplomatik korpus vakillari, ekspert va tahlilçilar, ilmiy doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Parlamentning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar böyiça delegatsiyasi raisi, Yevroparlamentning Italiyadan kelgan deputati Juzi Prinsi öz nutqida, YeP Özbekistonga bağişlangan fotokörgazmaning oçilişi madaniyat, ta’lim va insonparvarlik kabi umumiy qadriyatlarga sodiqlikdan dalolat ekanini ta’kidladi. "Biz birgalikda Markaziy Osiyo va Yevropa örtasida özaro tuşunişni yaxşilaş, xalqlar va mamlakatlar örtasidagi işonçni mustahkamlaş, ularning döstona madaniy aloqalari va barça sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirişga yordam beradigan köprik qura olamiz", dedi u.

Juzi Prinsi, şuningdek, Özbekiston va YeI örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi bilan tabriklab, Özbekiston va Yevropa parlamentariylariga parlamentlararo muloqot hamda hamkorlikni mustahkamlaşga qaratayotgan doimiy e’tibori uçun minnatdorlik bildirdi.