Davlat televideniyesi «Ghaem-100» sun’iy yöldoş raketa-taşuvçisining suborbital muvaffaqiyatli parvozi» haqida xabar berdi.
«Rafe qattiq yonilği vositasidan foydalangan holda uşbu raketa-taşuvçisining sinov parvozi muvaffaqiyatli yakunlandi», deyiladi xabarda.
«Ghaem-100» raketasi Islom inqilobi qöriqçilari korpusining Aerokosmik taşkiloti tomonidan işlab çiqarilgan va mamlakatdagi birinçi uç bosqiçli, qattiq yonilğili sun’iy yöldoş raketa-taşuvçisi hisoblanadi. U oğirligi 80 kg bölgan sun’iy yöldoşlarni Yer yuzasidan 500 km uzoqlikdagi orbitaga olib çiqişga qodir.
Eron özining birinçi harbiy sun’iy yöldoşini 2020 yil aprel oyida orbitaga muvaffaqiyatli olib çiqqan edi. 2022 yil avgust oyida Rossiya tomonidan «Soyuz-2.1b» raketasida Eronning «Khayyam» nomli yana bir sun’iy yöldoşi Boyqönğir kosmodromidan uçirildi. Eron kosmik agentligi uşbu qurilma Rossiya tomonidan Eron nazorati ostida işlab çiqarilgani haqida xabar berdi.
Qöşma Ştatlar «Khayyam» «Eronga josuslik salohiyatini taqdim etişi va Rossiya-Eron ittifoqining mustahkamlanişi dunyo uçun jiddiy xavf tuğdirişi» haqida bayonot berdi. Eron kosmik agentligi bu ayblovlarni rad etib, sun’iy yöldoşning maqsadi mamlakat çegaralarini kuzatiş hamda tabiiy resurslar bilan qişloq xöjaligini boşqarişda yordam beriş ekanini aytdi.
Qöşma Ştatlar bunday parvozlar Eronning ballistik raketa texnologiyasini kuçaytirişi, ya’ni yadroviy kallaklarni taşiş imkoniyatlarini kengaytirişi mumkinligidan bir neça bor xavotir bildirgan. Eron yadro quroliga erişmoqçi emasligini va sun’iy yöldoş bilan raketa uçirilişi faqat tinç yoki mudofaa maqsadlarida ekanini bir neça bor ta’kidlagan.












