– Özbekiston ham 2022 yilda davlat qarzi va kredit jalb qilişni rejalaştirgan edi. Foizlar oşişi bu masalaga qanday ta’sir qiladi?
– Afsuski, foiz stavkalari oşyapti. FRT yoki Yevropa markaziy bankining foizlarni oşirişi ham global inflyatsion holatga boğliq. Masalan, AQŞ va Yevropaning talay mamlakatlarida foizlar juda yuqori. Şu sababli stavkalarning oşişi ham tabiiy hisoblanadi. Bu bizga öxşagan rivojlanayotgan mamlakatlar uçun ijobiy holat emas.
Aytişimiz mumkinki, 2022 yilda asosan xalqaro moliyaviy institutlardan kredit jalb qilmoqdamiz. Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boşqa şu kabi banklardan. Yaxşi tarafi, ularda stavkalar juda ham past böladi. Töğri, hozir bu stavkalar ham oşib bormoqda. Ammo sönggi 10-15 yilni olib qaraydigan bölsak, joriy stavkalar oldingi stavkalardan baland emas. Sönggi 5 yilda stavkalar pastga tuşgan bölişi mumkin, lekin stavkalarning kötarilişi va tuşişi me’yoriy holat hisoblanadi.
Davlat qarzini boşqarayotganda va xususiy sektorlarga kredit jalb qilayotganda har bir ssenariyni inobatga oliş kerak böladi. Örta muddatli davlat qarzini boşqariş strategiyasida bu jihatlar inobatga olingan. Albatta, foizlar oşişini kutgandik deb aytolmayman, ammo tayyorgarligimiz yuqori edi.
– Forumning birinçi kunida köplab xalqaro moliyaviy korxonalari bilan köplab taşqi qarz bitimlari imzolandi. Bu borada Özbekiston nimanidir garovga qöyganmi?
– Moliya vazirligi tomonidan imzolangan kredit bitimlari uçun heç qanday garov qöyilmagan. Hozirgi kunda Özbekistonda bölayotgan yirik iqtisodiy islohotlar ana şu xalqaro taşkilotlar texnik yordami orqali amalga oşirilmoqda. Moliyaviy bozorlarni rivojlantiriş nuqtayi nazaridan gapiradigan bölsam, bozorni şakllantiriş böyiça Osiyo taraqqiyot banki bilan imzolangan dasturimiz bor edi. Şu dastur bajarilgaç, ötgan yili 150 mln dollar kredit jalb qilişga erişgan edik. Şuning ikkinçi tranşini keyingi yilga möljallaganmiz. Hozirda Osiyo taraqqiyot banki bilan qarzning avtomatlaştirilgan hisobini yuritişga oid yangilangan dastur işlab çiqişda hamkorlik qilyapmiz.
Şuningdek, Jahon bankidan jalb qilinayotgan mablağlar islohotlar uçun ajratiladi va bizdagi bu islohotlar prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan Yangi Özbekistonning 2022-2026 yillarga möljallangan taraqqiyot dasturiga kirgan islohotlardir. Bu islohotlarni xalqaro tajribalar orqali amalga oşirişimiz kerak va undan keyin bizga kredit mablağlari beriladi. Bu ikkala taraf uçun ham foydali va manfaatlidir.












