Taşrif davomida GTL zavodida işlab çiqarilişi yölga qöyilgan yangi turdagi sintetik yoqilği mahsulotlarni işlab çiqariş joriy holati, ularning sifati va standartlarga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlaş, sotiş hamda iste’molçilarga yetkazib berilişi jarayonlari haqida atrofliça ma’lumotlar berildi.

Boşqaruv raisi va mas’ul mutaxassislar hamrohligida bank vakillari “Uzbekistan GTL” zavodining markaziy boşqaruv binosida joylaşgan zamonaviy boşqaruv panellari orqali zavodning 11 mingga yaqin uskuna va asosiy işlab çiqariş qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qiliş texnologik tizimi bilan yaqindan tanişdilar.

Foto: Özbekneftgaz

Şundan söng, “MUFG” banki vakillariga zavod qurilmalarining texnologik işlab çiqariş jarayonlari, jumladan 20-,30- va 50-sonli asosiy işlab çiqariş qurilmalarining texnologik jarayonlari böyiça batafsil ma’lumotlar berildi.

Boşqaruv raisi “Uzbekistan GTL” zavodida bugungi kunga qadar umumiy hisobda 160 ming tonnaga yaqin sintetik yoqilği mahsulotlari işlab çiqarilganligini va uzluksiz ravişda Özbekiston Respublikasi tovar-xomaşyo birjasi savdosi platformasi orqali realizatsiya qilinayotganligi va iste’molçilarga yetkazib berilayotganligini alohida e’tirof etdi.

Foto: Özbekneftgaz

Taşrif yakunida “Uzbekistan GTL” zavodining işçilar şaharçasida kompaniyaning xodimlariga yaşaş va maroqli dam oliş uçun yaratib berilgan şaroitlari bilan tanişib çiqildi.

Ma’lumot uçun. “MUFG” banki “Uzbekistan GTL” loyihasi doirasida moliyalaştiriliş doirasida Koreyaning eksport-import banki va Koreya savdo suğurta korporatsiyasining suğurta qoplamasi ostida 100 mln AQŞ dollari ajratgan.

Foto: Özbekneftgaz

“Özbekneftgaz” AJ va Yaponiyaning “MUFG Bank Ltd” banki bilan özaro hamkorlik doirasida 2021 yilning 30 dekabr sanasida imzolangan kredit şartnomasiga asosan korporativ maqsadlar uçun 50,0 mln dollar, 2022 yil 9 iyun kuni imzolangan kredit şartnomasiga asosan 50,0 mln dollar, jami 100,0 mln dollar miqdorida töğridan töğri kreditlar jalb etilgan.