Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu O‘zbekistonga keladi
Tashrif Donald Luning Turkmanistonga tashrifi bilan boshlangan Markaziy Osiyo mamlakatlariga safari doirasida amalga oshiriladi.
AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu 6—11 noyabr kunlari Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi.
Turkmanistonda davlat kotibi yordamchisi Lu almashinuv dasturi bitiruvchilari va yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashib, qator ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
So‘ngra delegatsiya O‘zbekistonga keladi va bu yerda hukumat rasmiylari, shuningdek, fuqarolik jamiyati va madaniy guruhlar bilan ayollar va qizlarning huquqlarini kengaytirish, din va e’tiqod erkinligini qo‘llab-quvvatlashini bildirish maqsadida uchrashadi.
Qozog‘istonda davlat kotibi yordamchisi Lu iqtisodiy va biznes rahbarlari bilan uchrashib, Markaziy Osiyoning iqtisodiy barqarorligi va mintaqaviy aloqalarni muhokama qiladi, shuningdek, Qozog‘iston kelajagini shakllantirishda ularning hayotiy rolini qo‘llab-quvvatlash maqsadida fuqarolik jamiyati yetakchilari bilan uchrashadi.
Davlat kotibi yordamchisi Lu mintaqada bo‘lganida Markaziy Osiyoda Iqtisodiy barqarorlik tashabbusining boshlanishini muhokama qiladi. Ushbu tashabbus orqali Qo‘shma Shtatlar mintaqaviy savdo yo‘llari va salohiyatni mustahkamlash, malakali ishchi kuchini o‘qitish va tayyorlash hamda Markaziy Osiyoga xalqaro sarmoyalarni jalb qilish uchun 25 million dollar ajratadi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026