
Xorazm viloyat prokuraturasi, Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi alohida muhim işlar böyiça katta tergovçisi Şahzod Vaisov viloyat hududida sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarga aloqador ma’lumotlar töğrisida xabar berdi.
Jumladan, 2022 yilning mart oyida 12 ming dollar pora bilan uşlangan Hazorasp tumani hokimi örinbosari U.A. jinoyat işiga oid tafsilotlarni ma’lum qildi.
«Hazorasp tumani hokimi örinbosari tumanning Qirqtepa mahallasida noqonuniy qurilgan turar-joy binolarini buzmaslik va tuman hokimligi zaxirasidagi 1800 kv.m. yer maydonini turar-joy quriş uçun ajratib, zarur hujjatlarni tuman hokimligi va kadastr bölimidagi tanişlari orqali rasmiylaştirib beriş evaziga fuqarodan 12 ming dollarni pora tariqasida olganida uşlangan. Sudning hukmi bilan u 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi», dedi Vaisov.
Şuningdek, katta tergovçi bayonotiga köra, Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan 2021 yilda turli darajadagi mansabdorlarning 62 nafari, 2022 yilning 9 oyida 52 nafari korrupsiya bilan boğliq jinoyatlarni sodir etgani uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Davlat va fuqarolar manfaatiga 30 mlrd sömdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan. Tergov davomida 19 mlrd söm (yoki 63 foizi) undirilişi ta’minlandi.
Şu bilan birga, 2021 yil va 2022 yil 9 oyida prokuratura organlari tomonidan ötkazilgan tekşirişlarda 16 mlrd sömdan ortiq talon-torojliklar aniqlangan.
















