Uruşning 256-kunidagi asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiyalik harbiy muxbirlar RF armiyasi Donetsk oblastining Pavlovka qişloği atrofida katta yöqotişlarga uçragani haqida xabar qilişdi. Ma’lumotlarga köra, qişloqni egallaş uçun hujumga ötgan rossiyalik harbiylar «olovli qop»ga tuşib qolişgan, natijada yuzlab kişi halok bölgan, yaralangan yoki bedarak yöqolgan.
  • Kiyevda rossiyaliklar zarbalari tufayli elektr ta’minotida uzilişlar davom etmoqda — mahalliy meriya ma’lumotiga köra,  yuz minglab uylar toksiz qolgan. Şahar meri Vitaliy Kliçko RF armiyasi Ukraina poytaxtiga navbatdagi hujumlarni amalga oşirgan taqdirda elektr energiyasi, içimlik suvi va issiqlik bir vaqtning özida öçişi mumkinligini aytdi. Ukraina prezidenti ofisi rahbariyati vaziyat nazorat ostida ekanini aytmoqda, ammo tok butunlay öçadigan taqdirda şahar hokimiyati uç million kişini mamlakat ğarbiga evakuatsiya qilişi mumkin.
  • Xerson va taxminan yana 10 ta aholi yaşaş manzillari butunlay elektr ta’minotidan uzilib qoldi. Oblastning saylangan kengaşi xabariga köra, bu rossiyalik harbiylar elektr uzatiş liniyasini öqqa tutişi oqibatida röy bergan. Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat esa bunga göyoki Ukraina qurolli kuçlari «terakt» uyuştirganini sabab qilib keltirgan.
  • Rossiyalik harbiylar Sumi oblastini öqqa tutdi (snaryadlar binolarga va turar joy hovlilariga ham kelib tuşgan) — temiryöl infratuzilmasi şikastlangan, poyezdlar harakati jadvaliga vaqtinçalik özgartirişlar kiritilgan.
  • Ukrainadagi uruşda protoiyerey Mixail Vasilev halok böldi, u Rossiya strategik raketa qöşinlari sobori boş ruhoniysi edi.

Quyida 6 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ukrainlarning Luhansk oblastidagi köçma hospitali

Ukrain harbiysi ratsiya orqali Ukrainaning Liman rayoni Terno posyolkasi atrofidagi ehtimoliy yöqotişlar haqida xabar bermoqda. Ukraina qöşini qarşi hujum amaliyotlarini davom ettirmoqda, ammo Luhansk oblastining Svatovo va Kreminna rayonlarida qattiq qarşilikka uçramoqda. Svatovo — Kreminna trassasi böylab uşbu hududdagi Rossiya guruhi ta’minoti amalga oşiriladi.
Ashley Chan / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA