Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tumanlararo tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil qilinadi
Hukumat qarori bilan alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz
Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 o‘rinli tumanlararo tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil qilinadi. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida ichki rejim hamda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar oldini olish va bartaraf etish maqsadida Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalari tashkil etiladi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga jamoat joylarida (yashash joyidan olib borish bundan mustasno) mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib borish uchun quyidagi mezonlar asos bo‘ladi: shaxs maqsadli harakatlar sodir etish yoki o‘zi mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgani (biror joyda yotgan yoki o‘tirgan holati); shaxs uyquchanligi, uyg‘otish qiyinligi; shaxs tikka holatda mustaqil tura olmasligi; nutqi noaniq, tushunarsiz, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan uzuq-yuluq alohida so‘zlardan tashkil topishi (g‘uldurashi); savollarni yaxshi tushunmasligi, qayerdaligini aniq anglab yetmasligi.
Mastlik holatidagi shaxslar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanadi va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib boriladi. Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam ko‘rsatish punktida 12 soatgacha bo‘lganda dalolatnoma, 12 soatdan ko‘p vaqt bo‘lganda va tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan hollarda kasallik tarixi rasmiylashtiriladi. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarni sutka tungi vaqtida (soat 23:00 dan 06:00 gacha) yoki yil sovuq davrida chiqarib yuborish ular qarindoshlari kuzatuvida amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47
-
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi
Jahon | 18:19
-
Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan ulkan chang buluti AQShga yaqinlashmoqda
Jahon | 18:15
Mavzuga oid

13:32 / 30.04.2025
O‘zbekistonda “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni” o‘tkaziladi

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

13:44 / 18.02.2025
Fuqarolarga yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi

08:43 / 11.02.2025