“Islohotlarni davom ettiriş zarur”

Anna Berde, Jahon banki vitse-prezidenti:

Foto: Uzbekistan Economic Forum

— Özbekiston hukumati 2017 yildan buyon ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişda sezilarli muvaffaqiyatlarga erişdi. Şu bilan birga, global inqirozlar va noaniqlik davrida taşqi ta’sirlarga yaxşiroq bardoş beriş maqsadida hamda barqaror va inklyuziv iqtisodiyot quriş uçun islohotlarni davom ettiriş zarur.

“Energetika tarmoği islohotlari tariflar böyiça davom etadi”

Munir Feroziy, Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFS) mintaqaviy menejyeri va rahbari

Foto: Uzbekistan Economic Forum

— Samarqand şahrida bölib ötgan II Özbekiston iqtisodiy forumida “Energetika tarmoği: iqtisodiy ösişning asosiy omili va xorijiy investitsiyalar” mavzusidagi sessiyada moderatorlik qildim.

Muhokama qilingan bir neçta asosiy mavzular:

  • Özbekiston energetika tarmoği islohotlari yölidan boradi. Bu tariflar böyiça davom etadi;
  • 2030 yilga borib energiya işlab çiqariş quvvatlari 13 GVtdan 29 GVtgaça ösişi böyiça ulkan rejalar mavjud;
  • 2026 yilga borib qayta tiklanadigan manbalar energiya ta’minotining 25 foizini taşkil etişi kutilmoqda;
  • tarqatiş va uzatiş quvvatiga katta miqdorda sarmoya kiritilişi rejalaştirilgan.
  • energetika tarmoğiga jalb qilinadigan investitsiyalarda xususiy sektor muhim rol öynaşda davom etadi;
  • Özbekiston sarmoyadorlar uçun tanlagan manzilga, qöşni davlatlar uçun esa örnak böladigan davlatga aylandi.

Meni va boşqa barça iştirokçilarni qiziqarli suhbatga taklif qilgani uçun Özbekiston hukumatiga rahmat aytaman. 

“Davlat iqtisodiyotni boşqarişidan iloji boriça tezroq çetlanişi kerak”