Samarqandda ikki kun davom etgan II Özbekiston iqtisodiy forumi öz işini yakunladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Forumning yakuniy sessiyasida xorijdan taklif etilgan moderator Rayan Çilkot boş vazir örinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorovga quyidagiça savol berdi:

“Tasavvur qilaylik, men potensial investorman. Ikkinçi marta Özbekiston iqtisodiy forumiga keldim va hammasi ajoyib ötdi, ayniqsa palov juda zör bölibdi. Lekin men Özbekistonga investitsiya kiritişim kerakmi-yöqmi degan masalada hali ham bir qarorga kela olmayapman. Siz hozir Özbekistonga sarmoya kiritişning ayni vaqti ekaniga bu investorni işontiriş uçun, keyingi 5 yilda mamlakatda nimalar bölişi haqida nima degan bölardingiz?”

Jamşid Qöçqorov savolga javob berişga şoşilmay, biroz öylab turgan mahal moderator hazilomuz qöşimça qildi: “Qiyin savollar berayotgan bölsam, bu forumda oxirgi marta qatnaşişim bölsa kerak”.

Rayan Çilkot / Foto: Özbekiston iqtisodiy forumi​

Zalda kulgi kötarilgaç, Qöçqorov söz oldi va nutqining orasida moderatorning haziliga ham hazil bilan javob qaytarib ötdi.

“Savolingizga javob beraman, lekin iltimos yodingizda tuting, aytadiganlarimni va’da deb qabul qilmang.

Avvalo, umid qilamizki, Özbekiston ança yaşilroq böladi – öşa vaqtga borib biz hamma eski elektr stansiyalarini yangilagan bölamiz.

Ikkinçidan, davlatga qaraşli faqat bitta bank böladi. Ehtimol uning ham muayyan miqdordagi aksiyalari muomalada bölar.

Qolaversa... Bilasizmi, Rayan, keyingi safar sizni taklif qilmaymiz...” – dedi vazir. Uning bu hazili ham zalda kulgi va qarsak bilan qarşi olindi.

Foto: Özbekiston iqtisodiy forumi

“Siz oson savol berganingiz uçun zerikib qoldim”, – deya qöşimça qildi Jamşid Qöçqorov.

“Birinçi savolimda, esingizda bölsa, keyingi yil qanday özgarişlar bölişiga kafolat bera olasiz, deb söragandim. Bunga javobni oldik: men keyingi forumda bölmas ekanman”, – deya kulgi bilan ta’kidladi moderator.