Özbekiston iqtisodiy forumida sözga çiqqan moliya vaziri Timur Işmetov yaqin yillarda iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişda qaysi jihatga köproq e’tibor qaratilişi, davom etayotgan global retsessiyaning Özbekiston iqtisodiyotiga ta’siri haqida töxtalib ötdi.

“Joriy yil boşida bizda iqtisodiy ösiş kuzatildi. Inqiroz boşlanganida esa juda ham yaxşi kutilmalar bera olmadik. 2020 yildan 2021 yilgaça davom etgan pandemiya davrida mavjud muammolarni hal qilişning eng töğri yöli strukturaviy islohotlarni davom ettiriş ekanini anglab yetdik.

Bundan 3-4 yil oldin qarz olişga köproq e’tibor qarata boşladik. Bizning qarzimiz katta emas edi, şu bilan birga yaxşi imkoniyatlar mavjud edi. Barça hamkorlarimiz va investorlar qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirişdi.

Ayni paytda Özbekiston iqtisodiyoti qiyin bosqiçda va yangi qiyinçiliklar bilan yuzlaşyapmiz. Global retsessiya fonida kredit jalb qiliş qimmatlaşib, foiz stavkalari oşmoqda. Ya’ni moliyaviy buferimiz çeklandi”, dedi Işmetov.

Moliya vazirining tuşuntirişiça, hozirgi vaziyat budjet xarajatlaini qisqartirişni taqozo etyapti.

“Bu yil budjet defitsiti 4 foiz atrofida böladi. Keyingi yil uçun dilemma qarşisida turibmiz. Taqçillikni 3 foiz körsatkiçda uşlab qoliş oson bölmaydi – bosim juda katta. Hozir inflatsiyani uşlab turiş biz uçun asosiy masala bölişi kerak. Aks holda infratuzilmani davlat budjetidan moliyalaştira olmay qolamiz. Barça xarajatlarimizni kamaytirişimiz kerak”, – dedi u.

Timur Işmetovga köra, Özbekiston asosiy e’tiborini xususiy pul mablağlaridan foydalanişni közda tutuvçi tarkibiy islohotlarga qaratişi lozim.

“Investitsiya oqimining özgarişi va mintaqaviy inqiroz tufayli islohotlarni amalga oşiriş murakkablaşdi, bu ijobiy jarayon emas, albatta. Şunday şaroitda ham, xususiy investorlarning mamlakatga kelişi va jarayonlarda qatnaşişi uçun islohotlarni amalga oşirişdan töxtamasligimiz kerak.

Jahon banki va OTB tahlillariga köra, biz köp işlarni amalga oşirişimiz şart. Xususan, davlat sektori va xususiy sektor uçun teng raqobat şaroitlarini yaratişimiz, ayrim tarmoqlarda narxlarni liberallaştirişimiz kerak. Juda ham yaxşi boşlangan xususiylaştiriş dasturimizni, xuddi şunday yakunlaşimiz lozim”, dedi vazir.